Yevropani qiynagan jazirama: 35 mingdan ortiq ölim qayd etildi
Joriy yozda Yevropada kuzatilgan ketma-ket törtta rekord darajadagi jazirama tölqini sabab kamida 35 ming kişi vafot etdi. Yakuniy raqam bundan ança yuqori bölişi mumkin. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hisob-kitoblar hozirça qitaning qariyb yarmidagi malumotlarni qamrab olgan. Avgust oyidagi ölimlar esa hali töliq hisoblanmagan.
Germaniya, Frantsiya va Ispaniyaning özida jazirama bilan boğliq ölimlar 25 mingdan oşgan. Germaniyada 6 aprel – 9 avgust oraliğida issiq havo sabab taxminan 14 ming kişi vafot etgani malum qilingan. Şundan 9,6 ming nafari 22-28 iyun kunlari halok bölgan.
Ispaniyada esa may oyidan şu haftagaça 4 947 kişi jazirama sabab vafot etgani qayd etilgan. Bu mamlakatda issiq havo bilan boğliq ölimlar böyiça 2026 yilni rekord yilga aylantirgan. Avvalgi eng yuqori körsatkiç 2022 yilda 4 520 tani taşkil qilgan.
Frantsiyada may oyining oxiridan 22 iyulgaça barça sabablarga köra 7 300 ta ölim qayd etilgan. Avgust oyidagi körsatkiçlar esa hali elon qilinmagan. Şuningdek, Buyuk Britaniyada may va iyun oylaridagi jaziramalar sabab Angliyada 2 877 kişi vafot etgani aytilgan. Belgiyada 18–29 iyun kunlari 1 222 ta, Niderlandiyada esa 22 iyun–5 iyul oraliğida kamida 900 ta ölim qayd etilgan.
Polşada iyun oxiridagi jazirama vaqtida 1 070 kişi, Şveytsariyada esa 220 kişi issiq havo sabab vafot etgan. Mutaxassislarning takidlaşiça, issiq havo köpinça ölimning bevosita sababi sifatida qayd etilmaydi. Jazirama yurak-qon tomir va nafas oliş tizimi kasalliklarini kuçaytirib, yurak xuruji, insult yoki buyrak yetişmovçiligiga olib kelişi mumkin.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti malumotlariga köra, Yevropada issiq havo bilan boğliq ölimlar sönggi 20 yil içida 30 foizdan köproqqa oşgan. Taşkilot iqlim özgarişi va aholining qarib borişi sabab bu körsatkiç kelgusida yanada oşişi mumkinligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyida Yevropani qamrab olgan kuçli issiq tölqini davrida Frantsiya, Belgiya va Niderlandiyada dastlabki hisob-kitoblarga köra, kamida 3 700 nafardan ortiq ölim holati qayd etilgan edi.