“Daydi tötining qaytişi”. Şahzoda Garri oilasi bilan Britaniyaga yetib keldi – OAV
Şahzoda Garri turmuş örtoği Megan Markl va farzandlari bilan Buyuk Britaniyaga yetib keldi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Qayd etilimşiça, Sasseks gertsoglari qirollik oilasi bilan yuz bergan nizodan söng olti yildan ortiq vaqt davomida qönim topgan AQŞdan köçib ötişga qaror qilgan.
Kaliforniyadan uçib kelgan çarter reys mahalliy vaqt bilan soat 11:56 da Birmingem xalqaro aeroportiga qöngan. Juftlikning farzandlari – yetti yoşli şahzoda Arçi va beş yoşli malika Lilibet Britaniya maktablariga qabul qilingan va sentyabr oyidan öqişni boşlaydi. Oila London yaqinidagi şaxsiy qarorgohda yaşaşni rejalaştirmoqda. Biroq aniq joy oşkor qilinmayapti.
Malumot uçun, 2020 yilda şahzoda Garri rasman qirollik oialsi vakili vazifalarini bajarişdan voz keçgan. Şundan söng Buyuk Britaniya hukumati uni davlat himoyasidan mahrum qilgan. Garri bunga qarşi çiqib, oilasi xavfsizligini öz hisobidan taminlay olmasligini aytgan va qirollik oilasi bilan bölgan nizolar tufayli xavfsizlik xavflari borligini takidlagan. Uning sözlariga köra, aynan qirollik oilasining bosimi ostida hukumat undan himoyani olib taşlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sasseks gertsoglari Kaliforniyadagi olti yillik hayotdan söng Buyuk Britaniyaga qaytişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ular Britaniyada “uzoq vaqt” yaşaşmoqçi, ammo “xalqaro oila” sifatida, yani Kaliforniya va Portugaliyadagi uylarini saqlab qolgan holda. Manbalarning aniqlik kiritişiça, gertsoglar qirollik oilasining amaldagi azolari maqomini qayta tiklaş niyatida emas.