USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Polşa Boş vaziri yaqin oylarni Ukraina uçun öta muhim deb atadi

81 марта
Польша Бош вазири яқин ойларни Украина учун ўта муҳим деб атади

Polşa Boş vaziri Donald Tusk yaqin oylar Ukraina, Polşa va butun mintaqa xavfsizligi uçun öta muhim bölişini elon qildi. Bu haqda u bugun, 29 avgust kuni “Kelajak Polşasi” tadbiridagi çiqişi çoğida aytib ötdi.

“Şu munosabat bilan biz voqealar rivojining turli stsenariylariga tayyor bölişimiz kerak va, şubhasiz, yaqin yetti oy öta muhim böladi. Ukraina-Rossiya uruşi buriliş nuqtasida turibdi”, deydi u va kuz hamda qiş oylari hal qiluvçi ahamiyatga ega bölişini takidlagan.

Tusk Rossiyaning “eskalatsiyaga tayyorgarlik körayotgani haqidagi signallar” sababli Polşa öz xavfsizligi ustida işlaşni davom ettirişini aytgan. Uning sözlariga köra, Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) rahbari Jon Retkliffning Moskvaga taşrifi ana şunday “signal”lardan biri bölib xizmat qiladi. Kreml esa eskalatsiya haqidagi davolarni rad etmoqda. Şu bilan birga, Polşa Boş vaziri nizoni xohlamasligini takidlagan. 

“Men janjal izlaydigan eng oxirgi odamman. Siyosatda romantizmni yoqtirmayman. Bilasizmi, yovvoyi dalalardagi ulanlar hujumi tuşimga kirmaydi. Men Polşani qöşnilar bilan har qanday nizolardan asraş uçun qölimdan kelgan hamma narsani qilyapman”, deya işonç bildirgan u.

Qayd etiş joiz, joriy yilning 25 avgust kuni AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga elon qilinmagan muzokaralar uçun borgan edi.

Şundan söng, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktorining Moskvaga taşrifi ikki mamlakat maxsus xizmatlari örtasidagi aloqalar bilan boğliq bölganini malum qildi. Şuningdek, Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin ham Jon Retkliff bilan Moskvada uçraşganini tasdiqladi.

Keça, 28 avgust kuni esa AQŞ Prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliffni Moskvaga maxfiy safarga şaxsan özi yuborgani malum böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari berk köçaga kirib qoldi deb hisoblaşini va jangovar harakatlar kuçayişiga tayyorgarlik körayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: