Tusk polşaliklarni zudlik bilan Eronni tark etişga çaqirdi
20-02-2026, 02:46
184 марта

Tusk polşaliklarni zudlik bilan Eronni tark etişga çaqirdi
Polşa Boş vaziri Donald Tusk Eronda bölib turgan Polşa fuqarolarini mintaqadagi vaziyatning ehtimoliy keskinlaşuvi fonida zudlik bilan mamlakat hududini tark etişga çaqirdi. Bu haqda u bugun, 19 fevral kuni bayonot berdi.Polşa hukumati rahbari harbiy stsenariy rivojlangan taqdirda evakuatsiya imkoniyati çeklanişi mumkinligini malum qilgan.
“Men heç kimni ehtimoliy voqealar bilan qörqitmoqçi emasman, biroq barçamiz nimani nazarda tutayotganimni bilamiz. Mojaro ehtimoli juda real va bir neça ön soatdan söng evakuatsiya haqida gap ham bölmasligi mumkin”, deydi Tusk.