“Ilmiy fantastika haqiqatga aylanmoqda". SpaceX $100 milliardlik kosmodrom quradi
SpaceX AQŞning Luiziana ştatida qiymati 100 milliard dollar bölgan yangi kosmodrom qurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Fortune” xabar berdi.
Qayd etilişiça, kosmodrom Vermilion Pariş hududidagi Pekan orolida, qariyb 125 ming akr maydonda barpo etiladi. Quriliş işlari 2027 yilda boşlanişi, ilk uçiriş esa 2029 yildayoq amalga oşirilişi mumkin. Starbase Louisiana deb nomlangan uşbu majmua kompaniyaning eng yirik kosmik uçiriş bazasiga aylanişi kutilmoqda.
Loyiha töliq yakunlangaç, hududda beşta uçiriş majmuasi va jami 10 ta uçiriş maydonçasi, 12 dan ortiq uçiriş minorasi, yoqilği işlab çiqariş va saqlaş obektlari, elektr energiyasi işlab çiqariş inşootlari hamda xodimlar uçun turar joylar taşkil etiladi.
SpaceX rahbari Ilon Maskning aytişiça, yangi kosmodrom kuniga 30 dan ortiq Starşip raketa parvozini amalga oşiriş imkonini beradi.
“Starbase Louisiana oxir-oqibat 12 dan ortiq uçiriş minorasiga ega böladi. Bu kuniga 30 dan ortiq Starşip parvozini amalga oşiriş imkonini beradi va uni Yer yuzidagi eng yirik uçiriş maydoniga aylantiradi. SpaceX ilmiy fantastikani haqiqatga aylantirmoqda”, deb yozgan Mask X tarmoğida.
Qayd etilişiça, Luiziana rasmiylari loyiha doirasida kelgusi 10 yil içida 3 mingdan ortiq töğridan-töğri iş örni yaratilişini kutmoqda. Qöşimça iş örinlari bilan birga bu körsatkiç 11 mingdan oşişi ham mumkin.
Manbaga köra, SpaceX kosmodromdan Starşip raketalarini uçirişdan taşqari, Oy va Marsga missiyalar yuboriş hamda orbital malumotlar markazlari uçun suniy yöldoşlarni joylaştirişda foydalanişni rejalaştirmoqda.
Malumot uçun, SpaceX ayni paytda Texasda ham bir neçta yirik loyihalarni amalga oşirmoqda. Kompaniya u yerda Starşip raketalarini işlab çiqariş uçun Gigabay majmuasi hamda yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi Terafab zavodini qurmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq SpaceX aktsiyalari savdosi bilan şuğullangan investitsiya platformasi kompaniyaning 4 400 nafar xodimi muvaffaqiyatli IPÖdan söng millionerga aylanişini malum qilgan edi.