USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Men uni soğinaman”. Norvegiya yangi qirolining ritorikasi odamlarni yiğlatdi

93 марта
“Мен уни соғинаман”. Норвегия янги қиролининг риторикаси одамларни йиғлатди

Norvegiya qiroli Haakon VIII 28 avgust kuni taxtga kelganidan keyin xalqqa qilgan ilk murojaatida marhum otasi Xaraldni iliq sözlar bilan yodga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, qirol Haakon VIII otasi Xaraldni “juda yaxşi ota” bölgani uçun minnatdorlik bilan eslab, uning kulgisi va odamlar bilan samimiy munosabatini soğinişini aytgan. Murojaat davomida u beva qolgan onasi qiroliça Sonyani tilga olganida ovozida hayajon sezilgan.

Qora kostyum, oq köylak va qora galstukda çiqiş qilgan Haakonning saroyda yozib olingan telemurojaatida otasini oilaparvar inson sifatida tariflagan.

“Aziz otam, Marta va men uçun şunday yaxşi ota bölganingiz uçun rahmat”, degan u singlisi, malika Marta Luizani nazarda tutib.

“Men uni soğinaman. Uning kulgisini soğinaman. Odamlar va turli vaziyatlarga xayrxohlik bilan munosabatda bölişini soğinaman”, degan Haakon.

U şuningdek, keça, 29 avgust kuni Xarald va qiroliça Sonyaning turmuş qurganiga 58 yil tölişi kerak bölganini takidlagan.

“Töy yilligingiz bilan tabriklayman, aziz onajon”, degan Haakon. Bu sözlarni aytganida uning ovozida qisqa muddat hayajon sezilgan.
 

“Biz yagona xalqmiz”

Bildirilişiça, Haakon otasi kabi öz faoliyatini öz uslubida olib borişini takidlagan. Şuningdek, u konstitutsiyaviy monarxiya tamoyillariga sodiqligini bildirgan.

Malum qilinişiça, qirol 1 sentyabr kuni parlamentda mamlakat Konstitutsiyasi va qonunlarini himoya qilişga qasamyod qiladi.

“Biz özimizni özimiz boşqariş tizimimizga va demokratiyaga işonamiz. Biz qonun ustuvorligiga asoslangan jamiyatga, unda har bir inson teng qadr-qimmatga ega ekaniga işonamiz”, degan Haakon.

Norvegiya konstitutsiyaviy monarxiya bölgani sababli Haakon otasi vafot etişi bilan avtomatik ravişda qirolga aylangan. Qayd etilişiça, mamlakatda toj kiydiriş marosimi ötkazilmaydi, çunki bu anana 1908 yilda parlament tomonidan bekor qilingan.

“Biz har bir inson uçun joy bor Norvegiyaga işonamiz. Biz jamiyatimizning kuçini his qilamiz va qalbimizda yagona xalq ekanimizni bilamiz”, degan qirol.

Murojaat yakunida saroy taşqarida marhum qirol bilan xayrlaşiş uçun yiğilgan odamlar telefonlari orqali nutqni tomoşa qilib, öz-özidan qarsak çalişgan.

Boş vazir Yonas Gar Store ham Haakon otasining köplab fazilatlarini özida mujassam etganini aytgan.

“Bu qirol otasidan odamlar örtasida birdamlik muhitini yaratiş qobiliyatini olgan”, degan u saroy taşqarisida “Reuters” agentligiga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 28 avgust kuni Yevropaning amaldagi eng keksa monarxi – Norvegiya qiroli Xarald V 89 yoşida vafot etgandi. Xarald vafotidan buyon ön minglab odamlar marhum qirol bilan xayrlaşiş uçun qirollik saroyiga taşrif buyurmoqda. Uning jasadi saroyda xalq bilan vidolaşiş uçun qöyilgan.

Mamlakat böylab bayroqlar yarim tuşirilgan. Marhum qirolning tantanali libosdagi suratlari avtobus bekatlari, tramvay va metro stantsiyalari, dökonlar, idoralar hamda jamoat binolarida namoyiş etilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: