Tojsiz Xokon VIII Norvegiya taxtiga ötirdi (foto)
Bugun, 1 sentyabr kuni Norvegiyaning yangi qiroli Xokon VIII Stortingda (Norvegiya parlamentida) qasamyod qabul qildi. Bu haqda VG xabar berdi.
Qayd etilişiça, Xokon VIII qirollik saroyidan parlamentga 1966 yilda çiqarilgan Lincoln Continental A-5 avtomobilida yöl olgan. Bu avtomobildan 1968 yilda uning ota-onasi – bölajak qirol Xarald V va qiroliça Sonyaning nikoh töyida foydalanilgan.



“Men Norvegiya Qirolligini uning Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq boşqarişga vada beraman va qasam içaman. Men va qiroliça mamlakat hamda xalq oldidagi burçimizni bajarişga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz”, deydi monarx marosimda.

Qirolga valiahd malika Ingrid Aleksandra hamrohlik qilgan. Marosimda, şuningdek, qiroliça Sonya (qirol Xarald V ning bevasi) va şahzoda Sverre Magnus ham iştirok etgan. Xokonning rafiqasi, qiroliça Mette-Marit marosimda qatnaşmagan. Qirollik xonadoni uning joriy yil iyun oyida ötkazilgan öpka köçirib ötkaziş amaliyotidan keyingi asoratlar sababli iştirokini bekor qilganini malum qilgan.



Xokon Norvegiya monarxiyasi uçun murakkab davrda taxtga ötirgan. 2026 yilning boşida uning rafiqasi Mette-Marit moliyaçi Jeffri Epşteyn bilan yozişmalari elon qilingaç, bosim ostida qolgan edi.
Obrö-etiborga berilgan yana bir zarba Xokonning ögay öğli va Mette-Maritning farzandi Marius Borg Xyoybiga öqilgan sud hukmi böldi. U ikki ayolni zörlaşda, şuningdek, sobiq sevgilisiga şafqatsiz munosabatda bölişda aybdor deb topildi. U tört yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Eslatib ötamiz, qirol Xarald V joriy yilning 28 avgust kuni 89 yoşida vafot etgandi. U mamlakatni 35 yildan ortiq vaqt davomida boşqargan. Xarald 9 sentyabr kuni Osloda dafn etiladi.