USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qarşi javob: Rossiya Germaniyaning madaniy markazlarini yopadi

80 марта
Қарши жавоб: Россия Германиянинг маданий марказларини ёпади

Rossiya Germaniyaning mamlakatdagi Gyote institutiga qaraşli madaniy markazlarini yopadi. Moskva bunday qarorni Germaniyaning Rossiyaga qarşi körgan çoralariga javob sifatida qabul qilgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 3 sentyabr kuni Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburgdagi Germaniyaning madaniy markazlari yopilişini malum qilgan. Lavrovning aytişiça, Berlin Rossiyaning Bonndagi konsulxonasi va Berlindagi “Rus uyi” madaniy markazini yopişga qaror qilganidan keyin Moskva ham xuddi şunday çora körişga qaror qilgan.

Uning aytişiça, Germaniya Rossiyadagi “Rus uyi”ning yopilişi mamlakatning madaniy huzuriga barham berilişini anglatişini tuşungan bölişi kerak. Lavrov Moskva boşqa çora körganida özini hurmat qilmagan bölar edi, degan fikrni bildirgan.

Mazkur qaror Rossiya va Yevropa davlatlari örtasida Ukraina uruşi fonida kuçayib borayotgan qarama-qarşiliklar davrida qabul qilingan.

Malum qilinişiça, Germaniya yaqinda Leyptsig/Galle aeroportida Ukraina samolyoti yaqinidan portlovçi modda bilan jihozlangan dron topilganidan keyin Moskvaga qarşi ayblovlar bildirgan. Dron joriy yilning 4 avgust kuni aniqlangan va keyin zararsizlantirilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Germaniya tomonining ayblovlarini rad etgan.

Yevropa davlatlari Rossiyani öz hududida Ukrainaga kömakni zaiflaştiriş va mamlakatlarda beqarorlik keltirib çiqarişga qaratilgan sabotaj harakatlarida ayblab kelmoqda. Moskva esa bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Yevropa Ittifoqi Taşqi işlar vazirlari ham Leyptsig/Galle aeroportidagi hodisadan keyin Rossiyaga qanday javob beriş masalasini muhokama qilgan. Ular sanktsiyalar, viza çeklovlari va Rossiya konsulxonalarini yopiş kabi çoralarni körib çiqqan.

Şuningdek, Daniya maxsus xizmatlari Rossiya tomonidan mamlakat mudofaa sanoatiga qarşi sabotaj operatsiyalari tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan. Daniya kontrrazvedka xizmati malumotlariga köra, ehtimoliy nişonlar orasida Ukrainaga harbiy qismlar yetkazib beruvçi mudofaa korxonalari bor.

Rossiya va Yevropa örtasidagi keskinlik sönggi oylarda yanada kuçaygan. Yevropa davlatlari Moskva harakatlarini kiberhujumlar, dezinformatsiya va sabotaj kabi “gibrid uruş” vositalari bilan boğlamoqda. Rossiya esa bunday ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: