USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pentagon harbiylar uçun testosteron tekşiruvini vaqtinça bekor qildi

79 марта
Пентагон ҳарбийлар учун тестостерон текширувини вақтинча бекор қилди

AQŞ Mudofaa vazirligi 30 yoş va undan katta harbiy xizmatçilarda testosteron yetişmovçiligini majburiy tekşirişni nazarda tutuvçi yangi klinik qöllanmani vaqtinça bekor qildi. Bu haqda taşkilot öz rasmiy saytida xabar berdi.

Pentagon mazkur qöllanmani 2 sentyabr kuni elon qilgan, ammo oradan bir kun ötib hujjat va vazirlik matbuot kotibi Şon Parnellning unga hamroh bayonoti saytdan olib taşlangan.

AQŞ rasmiysi qöllanma “yangilanişlar kiritiş uçun vaqtinça bekor qilingani”ni aytgan. Uning sözlariga köra, hozirça avvalgi vaqtinçalik körsatmalar amalda qoladi.

Yangi qoidalar faol xizmatdagi va zaxiradagi 30 yoşdan katta harbiylarning salomatligini har yilgi tibbiy körik doirasida tekşirişni nazarda tutgan edi. Unda testosteron darajasining pastligi harbiy xizmatga tayyorgarlik va jismoniy bardoşga tasir qilişi mumkinligi takidlangan.

Qöllanmaga köra, erkak harbiylar dastlab maxsus sörovnomadan ötkazilişi, zarurat bölsa, qon tahlili orqali testosteron miqdori tekşirilişi kerak edi. Testosteron yetişmovçiligi aniqlangan holatlarda gormonal davolaş masalasi ham körib çiqilişi belgilangan.

Ayol harbiylar uçun esa tekşiruv gormonal özgarişlar bilan boğliq holatlar, jumladan çarçoq va hayz tsiklidagi özgarişlarni baholaşni öz içiga olgan. Gormonal terapiya esa faqat muayyan tibbiy holatlarda tavsiya qilinişi kerak edi.

Eslatib ötamiz, mazkur taşabbus AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset tomonidan ilgari surilgan. Uning maqsadi harbiy xizmatçilarning salomatligini yaxşilaş orqali qöşinlarning jangovar tayyorgarligini oşirişdan iborat ekani bildirilgan.

Biroq yangi tartib tibbiyot mutaxassislari tomonidan tanqid qilindi. Ayrim ekspertlar barça 30 yoşdan katta harbiylarni testosteron yetişmovçiligi böyiça majburiy tekşiriş zarurati ilmiy jihatdan yetarliça asoslanmaganini takidladi.

Mutaxassislar, şuningdek, testosteron terapiyasidan ortiqça foydalaniş yurak-qon tomir tizimi bilan boğliq muammolar va bepuştlik kabi xavflarni keltirib çiqarişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Şu bilan birga, ayrim şifokorlar yangi yondaşuvni qöllab-quvvatlagan. Ular testosteron va boşqa gormonlar bilan boğliq muammolarni erta aniqlaş harbiy xizmatçilarda jiddiy kasalliklarni öz vaqtida davolaşga yordam berişi mumkinligini aytgan.

AQŞ Oziq-ovqat va dori vositalari sifati va xavfsizligini nazorat qiluvçi boşqarmasi (FDA) joriy yilning sentyabr oyi örtasida testosterondan tibbiy maqsadlarda foydalaniş masalasini muhokama qiliş uçun yiğiliş ötkazişi kutilmoqda.

Pentagon yangi qöllanma qaçon qayta elon qilinişi yoki unga qanday özgartişlar kiritilişi haqida hozirça aniq malumot bermagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: