Korruptsiya mojarosi: Ukraina Boş prokurori va Prezidenti ofisida tintuv ötkazildi
Ukrainada Milliy korruptsiyaga qarşi byuro (NABU) va Ixtisoslaştirilgan korruptsiyaga qarşi prokuratura (SAP) yuqori lavozimdagi amaldorlarga nisbatan tergovni davom ettirmoqda. Bu haqda mamlakat OAVlari xabar berdi.
Malum qilinişiça, tergov doirasida Ukraina Boş prokurori Ruslan Kravçenko, uning örinbosari Mariya Vdoviçenko va Odessa viloyati mamuriyati rahbari Oleg Kiperning uyi va iş joylarida tintuvlar ötkazilgan.
Mahalliy OAV malumotlariga köra, NABU va SAP Ukraina Boş prokuraturasidagi mansabdor şaxs boşçiligidagi jinoiy taşkilot faoliyatini foş etişga qaratilgan maxsus operatsiya ötkazmoqda. Tergovçilar uşbu şaxs firibgarlik koll-markazlari tarmoğini himoya qiliş va noqonuniy yöl bilan olingan mol-mulkni legallaştiriş sxemalariga aloqador bölgan, deb hisoblamoqda.
Avvalroq OAV Boş prokuraturaning xalqaro-huquqiy hamkorlik departamenti boşliği örinbosari Sergey Kropivaning qölga olingani haqida xabar bergan edi. Oliy Rada deputati Aleksey Gonçarenko esa özining Telegram-kanalida NABU xodimlari Ukraina Prezidenti ofisida ham tergov harakatlarini ötkazayotganini yozgan.
Hozirça tintuvlar yuzasidan Ukraina rasmiylari tomonidan rasmiy malumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, NABU avvalroq yuqori lavozimdagi amaldorlar tomonidan taşkil etilgan korruptsiya sxemalarini tergov qilayotganini malum qilgan edi. Ular orasida “Energoatom” davlat kontserniga oid sxemalar ham bölgan.
Tergov versiyasiga köra, mazkur sxemalarni Timur Mindiç taşkil etgan. U şartnomalar uçun “otkat” talab qiliş va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqin munosabatlaridan foydalanişda gumon qilinmoqda.
Ötgan yilning 28 noyabrida Zelenskiy Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakni lavozimidan ozod qiliş haqida farmon imzolagan.
Keyinçalik NABU Timur Mindiçning xonadonida yozib olingan suhbatlarni ham elon qildi. Ularda korruptsiya sxemalari muhokama qilingani aytilgan.
NABU malumotlariga köra, Mindiç boşçiligidagi jinoiy guruh faoliyatiga amaldagi va sobiq tört nafar vazir aloqador bölgan. Ukraina OAVlari ulardan biri sobiq Energetika vaziri German Galuщenko ekanini xabar qilgan.
NABU va SAP avvalroq Kiyevda ötkazilgan “Forrest Gamp” va “Femida” nomli keng kölamli maxsus operatsiyalar natijalarini ham elon qilgan edi. Mazkur operatsiyalar doirasida yuqori lavozimdagi amaldorlar iştirokidagi ehtimoliy korruptsiya sxemalari tekşirilgan.