USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

5 davlat migrantlarni Yevropadan çiqarib yubormoqçi

190 марта
5 давлат мигрантларни Европадан чиқариб юбормоқчи

Germaniya, Daniya, Avstriya, Gretsiya va Niderlandiya Yevropa Ittifoqida qonuniy yaşaş huquqiga ega bölmagan migrantlarni YeIdan taşqaridagi davlatlarga qaytariş böyiça kelişuvni joriy yil oxirigaça imzolaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur beş davlat keça, 4 sentyabr kuni Daniyada ötkazilgan uçraşuvda YeIga azo bölmagan davlat bilan migrantlarni qaytariş markazlarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişiş uçun aniq qadamlarni kelişib olgan.

Davlatlar “Beşlik guruhi” sifatida harakat qilmoqda. Ular migrantlarni qaytariş markazlarini qabul qiladigan davlatlarni hozirça oçiqlamagan.

Germaniya Içki işlar vaziri Aleksandr Dobrington Kopengagendagi matbuot anjumanida uçinçi davlatlar bilan joriy yil yakunigaça kelişuvga erişiş va migrantlarni qaytariş markazlarini taşkil etiş imkonini beruvçi şartnoma tuziş maqsad qilinganini aytdi. Guruh keyingi uçraşuvini sentyabr oxirida Germaniyaning Myunxen şahrida ötkazişni rejalaştirgan.

Bu reja inson huquqlari taşkilotlarining xavotiriga sabab bölmoqda. Yevropa Kengaşi iyul oyida migrantlarni qaytariş markazlari inson huquqlari uçun “sezilarli xavflar” tuğdirişi mumkinligini bildirgan.

Daniya Qoçqinlar Kengaşi boş kotibi Şarlotta Slente esa Yevropa Ittifoqining Migratsiya va boşpana töğrisidagi paktini amalga oşiriş yaxşiroq yöl ekanini takidlagan. Uning sözlariga köra, qaytariş markazlari migrantlarning yanada xavfli yöllardan foydalanişini töxtatmaydi va inson huquqlarining asosiy tamoyillarini buzişi mumkin.

Daniya migrantlarni bunday qaytariş markaziga yuborişni 2027 yil oxiriga qadar boşlaşga tayyor bölişini bildirgan.

Şuningdek, beş davlat keyingi qadamlar böyiça BMTning Xalqaro migratsiya taşkiloti va Qoçqinlar böyiça oliy komissariati bilan muloqot olib borişini malum qilgan. Biroq BMT Qoçqinlar böyiça oliy komissarligi hozirça reja tafsilotlari bilan taniştirilmaganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniyaning Şimoliy Afrikadagi Seuta anklaviga bostirib kirgan yuzlab migrantlar şahardagi plyajlardan birida norozilik namoyişi ötkazgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: