Rossiyaning eng yirik neft zavodlaridan biri hujumga uçradi
Bugun, 6 sentyabrga ötar keçasi dronlar Ryazan va Rostov viloyatlariga hujum qildi. Bu haqda ikki viloyat gubernatorlari malum qildi.
Ryazan gubernatori Pavel Malkovning bildirişiça, dron parçalari viloyatning mamuriy markazida va Sapojok okrugida turarjoy binolariga zarar yetkazgan, korxonalardan birida esa yonğin çiqqan. Hokimiyatning dastlabki malumotlariga köra, heç kim jabrlanmagan. Malkov yonayotgan korxona nomini oşkor etmagan.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar Rostov-Don va Bataysk şaharlari, şuningdek Matveyev-Kurgan, Myasnikov, Azov, Millerovo va Çertkovo tumanlari tepasida 30 ga yaqin dron urib tuşirilgani haqida hisobot bergan. Rostovning Sovet tumanida ikkita köp qavatli uyga zarar yetgan: birida yuqori qavatlar, ikkinçisida esa tomi va oynalari şikastlangan. Lenin tumanida xonadon va turarjoy uyining derazalari, Kirov tumanida esa xonadon va balkon oynalari zarar körgan.
Uç kişiga tibbiy yordam talab etilgan, ulardan ikki nafari, şu jumladan bir bola şifoxonaga yotqizilgan. Zarar körgan uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Azov tumanida törtta şaxsiy xonadonning derazalari singan va fasadlari şikastlangan, Bataysk va Myasnikov tumanida esa boğdorçilik şirkatlaridagi uylar jabr körgan. Çertkovo tumanida dron parçalari lokomotivga zarar yetkazgan, buning oqibatida yettita yölovçi poyezdi taxminan uç soatga uşlanib qolgan.
Ryazan OAVlarining yozişiça, aholi hujum xavfi haqidagi birinçi ogohlantirişni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da olgan, soat 07:30 da esa hokimiyat xavf hanuz saqlanib qolayotgani haqida yana ogohlantirgan. Şahar aholisi kuçli portlaş ovozlarini eşitgan, xavf vaqti tugagani soat 09:13 da elon qilingan. Rostov naşrlari malumotlariga köra, yertlabki soat beşlar atrofida şahar markazida uçayotgan dronning öziga xos ovozi eşitilgan, şundan söng portlaş yuz bergan.
“Astra” öquvçilarining sözlariga köra, dronlar Rostov tepasida tört soatdan ortiq vaqt davomida aylanib yurgan, şaharda esa otişma va vertolyot şovqini eşitilgan. Guvohlar tomonidan elon qilingan tasvirlarda bir neçta qavatlaridagi deraza romlari surilib ketgan turarjoy uyini köriş mumkin. Naşrning OSINT-tahlilçisi bino Tkaçev köçasi, 14-uy manzilida joylaşganini aniqlagan.
Ryazanda hujum nişoni Ryazan neftni qayta işlaş zavodi bölgan. Hokimiyat bu malumotni rasman tasdiqlamagan va faqat nomi oşkor etilmagan korxonadagi yonğin haqida xabar bergan.
Ryazan NQZ “Rosneft” tarkibiga kiradi va Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş korxonalaridan biri hisoblanadi. Uning loyihaviy quvvati yiliga taxminan 17 million tonna neftni taşkil etadi. Zavod avtomobil benzini, dizel yoqilğisi, aviatsiya kerosini, mazut, suyultirilgan gaz, bitum va neft-kimyo xomaşyosi işlab çiqaradi. Korxona 2026 yilning may va iyul oylarida ham hujumlarga uçragan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir keçada Ukrainaning 258 ta dron urib tuşirilgani va yöq qilingani haqida hisobot bergan. Idora malumotlariga köra, dronlar Belgorod, Bryansk, Volgograd, Voronej, Kaluga, Kursk, Lipetsk, Oryol, Rostov, Ryazan, Saratov, Tambov va Tula viloyatlari, Krasnodar ölkasi, anneksiya qilingan Qrim, şuningdek Azov va Qora dengizlar tepasida urib tuşirilgan.