USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Işqiy munosabatlar yaşirin matematik qonuniyatlarga böysunadi – tadqiqot

218 марта
Ишқий муносабатлар яширин математик қонуниятларга бўйсунади – тадқиқот

Olimlar işqiy munosabatlardagi buriliş nuqtalarini aniqlaş uçun aniq matematik modellarni qölladi. Bu haqdagi tadqiqot “ScienceDaily”da elon qilindi.

Qayd etilişiça, xalqaro olimlar guruhi inson tuyğulari va boğlanib qoliş dinamikasiga bağişlangan tadqiqot ötkazgan. Mutaxassislar işqiy munosabatlar saqlanib qolişi yoki ajraşişga olib kelişini belgilovçi omillarni tahlil qiliş uçun matematik modellaştirişdan foydalangan. Iş natijalari şuni körsatdiki, juftliklar örtasidagi his-tuyğularning evolyutsiyasi formulalar yordamida tavsiflaş mumkin bölgan muayyan qonuniyatlarga böysunadi.

Tadqiqot davomida ilmiy guruh juftliklarning birgalikdagi hayotining turli bosqiçlaridagi özaro munosabatlari orasidagi özgarişlarni tahlil qilgan. Matematik modellar “kritik nuqtalar” yoki buriliş lahzalarini aniqlaş imkonini bergan. Aynan şunday holatlarda hatto kiçik taşqi tasir qiluvçi omillar yoki juftliklardan birining xulq-atvoridagi arzimas özgarişlar ham riştaning emotsional trayektoriyasini sezilarli darajada özgartirişga qodir.
 
Iş mualliflarining bildirişiça, bunday miqdoriy yondoşuv nizolar va his-tuyğularning sovib ketiş mexanizmlarini çuqurroq tuşunişga yordam beradi. Şaxslararo munosabatlar psixologiyasida matematik qonuniyatlarni hisobga oliş mutaxassislarga oilaviy terapiyaning yanada samarali usullarini işlab çiqişga va nikohdagi inqirozli davrlarni oldindan aytib berişga yordam berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq heç qaçon nikohda bölmagan insonlarda saraton kasalligiga çaliniş xavfi oilali kişilarga qaraganda yuqoriroq ekani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: