Qirol Çarlz şahzoda Garriga “örnini” körsatib qöydi
Buyuk Britaniya Qiroli Çarlz III şahzoda Garri va uning rafiqasi Meganning mamlakatga qaytganidan keyin ham qirollik oilasining rasmiy vazifalarni bajarmaydigan azolari bölib qolişini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qirol nomidan hukumatning yuqori lavozimli amaldorlariga yuborilgan maktubda Garri va Megan 2020 yilda qirollik oilasidagi rasmiy vazifalaridan voz keçganidan beri qirollik unvonlaridan foydalanmasligi qayd etilgan.
Şuningdek, er-xotin amalga oşiradigan har qanday xayriya işlari şaxsiy maqomda olib borilişi, ularning xavfsizligi bilan boğliq tezkor qarorlar esa tegişli politsiya idoralari vakolatida bölişi aytilgan.
Maktub qirollik xonadonining eng yuqori martabadagi amaldori – Lord Çemberlen tomonidan hukumat va harbiy idoralarning yuqori lavozimli vakillariga, şuningdek, qirolning mamlakat böylab şaxsiy vakillari bölgan lord-leytenantlarga yuborilgan.
“Şubha yoki çalkaşliklarning oldini oliş maqsadida qirol uşbu malumotni yetkazişni buyurdi”, deyiladi maktubda.
Naşrga köra, maktub Garri va Meganning maqomi özgarmaganini tasdiqlaydi. Biroq maktubning yuborilişi va ommaga elon qilinişi saroy kuzatuvçilarida Garri va Megan qirollik oilasining amaldagi azolari bilan raqobatlaşuvçi “parallel qirollik saroyi”ga aylanişi mumkin, degan xavotirlar borligini körsatgan.
Garri va Meganning xavfsizligi masalasi ham alohida ahamiyatga ega. Şahzoda Garri davlat tomonidan moliyalaştiriladigan politsiya qöriqlovini qayta tiklaş uçun hukumat bilan uzoq vaqtdan beri kuraşib kelmoqda. Mazkur qöriqlov er-xotin 2020 yilda qirollikdagi rasmiy vazifalaridan voz keçgaç, bekor qilingan.
Er-xotinga tun-u kun politsiya qöriqlovini qayta tiklaş yoki tiklamaslik masalasini RAVEC – Qirollik va yuqori martabadagi şaxslar böyiça ijroiya qömitasi hal qiladi. Qirol nomidan yuborilgan maktubda xavfsizlik böyiça tezkor qarorlar tegişli politsiya idoralari vakolatida ekani ham qayd etilgan.
Malumot uçun, 2020 yilda şahzoda Garri rasman qirollik oilasi vakili vazifalarini bajarişdan voz keçgan. Şundan söng Buyuk Britaniya hukumati uni davlat himoyasidan mahrum qilgan. Garri bunga qarşi çiqib, oilasi xavfsizligini öz hisobidan taminlay olmasligini aytgan va qirollik oilasi bilan bölgan nizolar tufayli xavfsizlik xatarlari borligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq şahzoda Garri turmuş örtoği Megan Markl va farzandlari bilan Buyuk Britaniyaga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.