USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sayyorada 60 dan ortiq uruş bölyapti – BMT Oliy komissari xavotirda

60 марта
Сайёрада 60 дан ортиқ уруш бўляпти – БМТ Олий комиссари хавотирда

Bugungi kunda sayyorada 60 dan ortiq uruş davom etyapti. Bunday salbiy körsatkiç Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri kuzatilmagan. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.

Jenevadagi Inson huquqlari böyiça kengaşda çiqiş qilar ekan, BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk qurolli nizolar sonining ortişi va umuman dunyoda xalqaro huquqning zaiflaşişidan çuqur xavotir bildirgan.

U, şuningdek, harbiy harakatlarda suniy intellektning qöllanilişidan, ayniqsa, inson aralaşuvisiz odamni öldiriş uçun qaror qabul qilişga qodir bölgan qurollarning işlab çiqilayotganidan xavotirda.

Folker Tyurk SI ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça borgan sari tez-tez yangrayotgan çaqiriqlarga qöşilgan. U uşbu inqilobiy texnologiya, agar nazoratsiz qoldirilsa, “insoniyat uçun ekzistentsial tahdidga” aylanişi mumkinligidan ogohlantirgan.

BMT Oliy komissari suniy intellekt tizimlari şu qadar qudratli bölib ketişi va natijada dasturçilar ularni boşqara olmay qolişi mumkinligini tan olgan.

“Sinov muhiti çegaradan çiqib ketadigan yoki özini öçirib qöymasliklari uçun dasturçilarni tovlamaçilik qiladigan SI – bu juda qudratli SIdir. Bugun juda keç bölmasdan oldin SI xavfsizligi va himoyasining mustahkam kafolatlarini yaratiş uçun barça mumkin bölgan harakatlarni amalga oşirişga çaqiraman”, deydi u. 

Folker Tyurk suniy intellekt texnologiyalari joylaştirilgan mamlakatlarni, şuningdek, ularni yetkazib beriş zanjiriga jalb qilingan davlatlarni yangi texnologiyaning tarqalişiga aniq çegaralar belgilaş böyiça birgalikda işlaşga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar şaroitda iştirok etişga tayyorlaşni boşlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: