Maşhur aktyor öğrilikda gumonlanmoqda
Turkiyaning maşhur teatr aktyori Ökan Karajan Istanbulning Şişli tumanidagi tadbir vaqtida stol ustida turgan noutbukni öğirlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 27 fevral kuni Şişli Markaz mahallasidagi Daryulajeze köçasida sodir bölgan. E.Ş.A. ismli şaxs joriy yilning 2 mart kuni politsiyaga murojaat qilib, tadbir vaqtida noutbuki öğirlanganini bildirgan. U voqea aks etgan xavfsizlik kamerasi tasvirlarini ham taqdim etib, kompyuterni Ökan Karajan olganini iddao qilgan.
Politsiya xodimlari kamera tasvirlarini örganib, noutbukni olgan şaxs Ökan Karajan ekanini aniqlagan.
Karajan esa politsiyaga bergan körsatmasida noutbukni öğirlaş niyatida olmaganini, uni adaşib olib ketganini aytgan. Uning sözlariga köra, voqeadan bir neça kun ötib, joriy yilning 1 mart kuni E.Ş.A. yana 3 kişi bilan birga uning oldiga kelgan. Karajan ularning unga hujum qilgani va döpposlaganini iddao qilgan.
Aktyorning aytişiça, ular uni majburan olib ketib, avtomobilning yukxonasiga joylaştirgan. Şundan söng, maşinada uning boşiga qurol dastasi bilan beş marta urişgan. Karajan bu holatni öziga nisbatan zöravonlik va majburlaş sifatida baholagan hamda kompyuter masalasidagi mojaro ortidan aynan şu voqea sodir bölganini bildirgan.
Biroq Karajanning onasi I.K. öğlining bu gaplarini rad etgan. Uning aytişiça, Ökan voqea kuni iftor dasturidan söng uyga kompyuter bilan kelgan va uni öziga sovğa qilişganini aytgan. Bir neça kundan keyin esa kompyuterni oliş uçun kelgan şaxsga onasi uni topşirgan.
Onasi Ökan xonasidan umuman çiqmaganini, heç kim uni majburan uydan olib ketmaganini va kaltaklamaganini bildirgan. Şuningdek, u öğlida ruhiy muammo borligini, dori-darmonlarini bir muddatdan beri muntazam qabul qilmay qöygani sababli xatti-harakatlari beqaror bölib qolganini aytgan.
Ökan Karajan “oşkora öğrilik” jinoyati böyiça qölga olinib, joriy yilning 7 mart kuni sudga yuborilgan. U sudga yuborilganidan söng ozod qilingan.
Ayni vaqtda tarqalgan xavfsizlik kamerasi tasvirlarida Karajanning telefon orqali gaplaşgani, stol ustidagi noutbukni közdan keçirgani, keyin uni qöltiğiga olib, voqea joyidan çiqib ketgani aks etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq giyohvand moddalar bilan boğliq ayblovlar böyiça bölgan, TikTok’da “Doktor Fud” nomi bilan tanilgan, 8 milliondan ortiq obunaçiga ega bloger Jorj Dib Livanda qölga olingan edi.