Merkuriy kutilganidan tezroq kiçraymoqda – tadqiqot
Merkuriy sayyorasi avvalgi hisob-kitoblarga qaraganda 30 foizga köproq qisqarayotgan bölişi mumkin. Olimlar sayyora diametri 23 kilometrgaça kiçrayganini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Associated Press”da elon qilindi.
Malum qilinişiça, tadqiqot Germaniya Aerokosmik markazi Kosmik tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan ötkazilgan.
Tadqiqot mualliflariga köra, Merkuriy yuzasining meteoritlar zarbasi natijasida doimiy ravişda özgarib turişi sayyoraning haqiqiy qisqariş darajasini yaşirgan bölişi mumkin.
Merkuriy Quyoş tizimidagi eng kiçik va Quyoşga eng yaqin sayyora hisoblanadi. Uning diametri qariyb 4 ming 900 kilometrni taşkil etadi. Sayyora şakllanganidan beri, yani taxminan 4,5 milliard yil davomida kiçrayib kelmoqda.
Qayd etilişiça, bunga Merkuriy içki qismining sovişi sabab bölmoqda. Sayyoraning nisbatan katta temir yadrosi sovigan sari qisqaradi, bu esa mantiya va yer pöstining siqilişiga olib keladi. Natijada uning yuzasida burişişlar va yoriqlar paydo böladi.
Olimlar Merkuriydagi geologik xaritalarni sayyora yuzasining yangilangan xaritalari bilan taqqoslab, eng notekis hududlarda qisqariş belgilarining kamroq ekanini aniqlagan. Tadqiqotçilar ayrim burişişlar meteoritlarning urilişi oqibatida hosil bölgan qoldiqlar ostida qolib ketganini taxmin qilmoqda.
Tadqiqot muallifi Gaku Nişiyamaning aytişiça, yangi hisob-kitoblar Merkuriy evolyutsiyasini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.
Ayni paytda Yevropa va Yaponiya tomonidan yuborilgan BepiColombo kosmik apparatlari Merkuriy tomon parvoz qilmoqda. Ular noyabr oyida sayyora orbitasiga kirişi va Merkuriy qisqarişining aniq darajasini örganişi kutilmoqda.
Malumot uçun, Merkuriy Quyoş tizimidagi eng kiçik sayyora hisoblanadi. U Quyoşni 88 kunda bir marta aylanib çiqadi. Sayyoraning bir kuni esa taxminan 59 Yer kuniga teng. Merkuriyda atmosfera juda yupqa bölgani sababli uning yuzasida kunduzi harorat 430 darajagaça kötarilsa, keçasi minus 180 darajagaça tuşişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yerning aylaniş tezligi özgarib borayotgani sababli jahon vaqti Yerning aylanişiga boğliq bölmagan tizimga ötkazilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.