200 ga yaqin yölovçisi bor poyezd relsdan çiqib ketdi
Şimoliy Frantsiyada 186 nafar yölovçini olib ketayotgan poyezd relsdan çiqib ketişi oqibatida kamida 44 kişi jarohatlandi. Jabrlanganlardan birining ahvoli oğir. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Mahalliy rasmiylarning bayonotiga köra, hodisa keça, 11 sentyabr kuni taxminan soat 19:45 da yuz bergan.
Transport vaziri Filipp Tabaroning X ijtimoiy tarmoğida malum qilişiça, poyezd Normandiya mintaqasidagi Ruan va Kan şaharlari örtasida harakatlangan.
Baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etiş uçun ommaviy qurbonlar bilan boğliq favqulodda vaziyat rejasi işga tuşirilgan. Qutqaruv işlariga 130 nafar öt öçiruvçi, 5 ta tibbiy brigada va 80 ta maxsus transport vositasi jalb qilingan.
Ruan prokurori Sebasten Galluaning aytişiça, jarohatlanganlar orasida 18 yoşli qiz ham bor. U oğir ahvolda evakuatsiya qilingan.
Yölovçilardan biri, 24 yoşli Lui, mahalliy OAVga bergan intervyusida poyezd birdaniga silkinib ketganini aytgan.
“Avval bir neça marta silkiniş böldi, keyin taxminan uç soniyadan söng bu yanada kuçaydi. Öz joyimda ötirib turolmadim. Derazalar qisman çilparçin böldi, relsdagi toşlar vagon içiga uçib kirdi. Bu juda dahşatli edi, hanuz titrayapman“, degan u.
Poyezd maşinistining giyohvand moddalar va spirtli içimliklar istemol qilgan-qilmaganini aniqlaş uçun ötkazilgan testlar salbiy natija bergan.
Frantsiya temir yöl tarmoği uçun masul SNCF Réseau kompaniyasi uşbu hodisa sababli poyezdlar harakati töxtatilganini malum qilgan. Favqulodda xizmatlar iş olib borişi uçun temir yöl liniyasidagi elektr taminoti ham uzilgan.
“Keçiktirib bölmaydigan ustuvor vazifa yölovçilarga yordam körsatiş, şundan keyin esa xavfsiz harakatlaniş şaroitlarini tiklaşdir”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Hodisa yuzasidan politsiya va temir yöl idoralari tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahridagi Kadiköy va Sabixa Gökçen xalqaro aeroporti örtasida qatnovçi M4 metro yönalişidagi poyezd Böstanji bekatida relsdan çiqib ketgan edi.