Özbekistonlik ayol Yaponiyada yangi siyosiy partiya tuzdi
Özbekistonda tuğilgan Tokio şahri Setagaya tumani deputati Orzugul Boboxöjayeva Yaponiyada yangi siyosiy partiya tuzib, mamlakat siyosiy hayotidagi faoliyatini kengaytirişga qaror qildi. Bu haqda mahalliy “Yonhap” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio şahridagi mamlakat Matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Orzugul Boboxöjayeva va Yaponiya fuqaroligini olgan Janubiy koreyalik Çon Je Uk yangi partiya taşkil etilganini malum qildi. Unga köra, Orzugul partiya raisi, Çon Je Uk esa hamrais sifatida faoliyat yuritadi.
Malum qilinişiça, yangi siyosiy kuç “Şinseyto” (新世黨, “Şinsey partiyasi”) deb nomlangan. Partiya nomi Çon Je Uk va Orzugulning asosiy faoliyat hududlari bölgan Tokioning Şinjuku va Setagaya tumanlari nomlaridan olingan. “Şinseyto” xorijliklar uluşi yuqori bölgan Şinjuku tumanini öz faoliyatining asosiy markazlaridan biriga aylantirişni rejalaştirmoqda.
Bildirilişiça, partiya taşabbuskorlari Yaponiyada xorijliklar soni qariyb 4 million nafarga yetgani, şu bilan birga jamiyatda xorijliklarga nisbatan xavotir va çet elliklarni siyosiy masala sifatida körsatişga qaratilgan kayfiyatlar kuçayib borayotganini takidlagan.
Xususan, Orzugulning aytişiça, turli kelib çiqişga ega insonlar öz farqlari tufayli jamiyatdan çetda qolib ketmasligi kerak. U Yaponiyada xorijliklar va yaponlar birgalikda yaşaydigan, özaro hurmatga asoslangan jamiyat barpo etişni maqsad qilganini bildirgan.
Yangi partiyaga asos solganlarining takidlaşiça, Yaponiya fuqaroligini olgan ikki şaxs tomonidan siyosiy partiya taşkil etilişi mamlakat tarixida birinçi marta sodir bölmoqda.
“Şinseyto” dastlab Şinjuku va Setagaya tumanlarida nomzodlar körsatişni rejalaştirmoqda. Çon Je Uk esa kelasi yil boşida bölib ötadigan mahalliy saylovlarda Şinjuku tumani kengaşi deputati böliş uçun nomzodini qöyiş niyatida ekanini malum qilgan.
Partiya hamraisi Çon Je Ukning aytişiça, millat va kelib çiqişidan qati nazar, Yaponiya qonunlari hamda mahalliy jamoa qoidalariga rioya qiliş, bir-birini hurmat qiliş va xavfsiz yaşaş mumkin bölgan jamiyatni barpo etiş haqiqiy köp madaniyatli hamjihatlikdir.
Malumot uçun, Orzugul Boboxöjayeva 2007 yilda Yaponiyaga borgan. U 2023 yilda Tokioning Setagaya tumani kengaşi saylovida mustaqil nomzod sifatida iştirok etib, deputat etib saylangan va hozir ham tuman kengaşi azosi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Orzugul Boboxöjayeva 2023 yilda Yaponiyada deputatlikka saylangan birinçi özbekistonliklardan biri sifatida tanilgan edi. Öşa saylovda u Setagaya tumani assambleyasiga 6 771 ovoz bilan saylangani haqida xabar berilgandi.