USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Indoneziyada örmon yonğinlari sabab samolyotlar parvozi töxtab qoldi

49 марта
Индонезияда ўрмон ёнғинлари сабаб самолётлар парвози тўхтаб қолди

Indoneziyaning Kalimantan orolida örmon yonğinlari tufayli qalin tutun tarqalib, köriş masofasi 1 kilometrdan kamaygani va havo qatnoviga jiddiy xalaqit bermoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, Ğarbiy Kalimantan provintsiyasidagi Pontianak şahri bir neça kundan buyon qalin oq-sarğiş tutun ostida qolgan. Tutun sababli köriş masofasi 1 kilometrdan ham qisqargan. Bu holat samolyotlar parvoziga ham tasir körsatgan. Ğarbiy Kalimantanda tutun va köriş masofasi çeklangani tufayli aviaqatnovlar bir neça kundan buyon izdan çiqmoqda.

Yonğinlar oqibatida havoning sifati ham keskin yomonlaşgan. Mahalliy aholi tutun tez orada tarqalib, soğliq uçun xavf tuğdirmaydigan holatga qaytişiga umid qilmoqda.

Indoneziya Örmon xöjaligi vazirligi keça, 14 sentyabr kuni bergan malumotga köra, Markaziy va Ğarbiy Kalimantan hududlarida ofat bilan boğliq ekani yuqori ehtimol bilan baholangan “issiq nuqtalar” soni sezilarli kamaygan. Riau provintsiyasida esa bunday nuqtalar qayd etilmagan.

Şu bilan birga, Kalimantanning ayrim hududlarida yonğinlar hamon davom etmoqda. Indoneziya Milliy ofatlarni boşqariş agentligi malumotlariga köra, ayniqsa Ğarbiy va Markaziy Kalimantan provintsiyalarida yonğinlar kuzatilmoqda.

Örmon xöjaligi vazirligining hisob-kitoblariga köra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida Indoneziyada 202 ming gektardan ortiq yer maydoni alanga oqibatida zarar körgan. Bu hudud Singapur maydonidan qariyb uç baravar katta. Tutun qöşni mamlakatlarga ham tarqalgan. U Kalimantandan 800 kilometrdan ortiq masofadagi Filippingaça yetib borgan.

Malayziyaning Borneo orolidagi Saravak ştatida esa havo ifloslanişi favqulodda darajaga yetgani sababli mahalliy hokimiyat favqulodda holat elon qilgan.

Havo ifloslanişi Indoneziyaning Sumatra orolining ayrim hududlariga ham tasir körsatgan. Şu sababli mamlakat böylab 1,4 milliondan ortiq öquvçiga talim jarayonini maktablarda davom ettiriş vaqtinça töxtatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Antaliya va Adana viloyatlarida örmon yonğinlari keng hududlarga tarqalib, minglab fuqarolar xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: