Mukofot $14 ming: Yaponiyada uxlaş böyiça musobaqa ötkaziladi
Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi Yaponiyada uxlaş böyiça tanlov taşkil etmoqda. Bu haqda “Tokyo Weekender” xabar berdi.
Qayd etilişiça, tadbir joriy yilning 5 oktyabr kuni Tokioda bölib ötadi. Iştirokçilar 90 daqiqa davomida Koala matrasida uxlaşi kerak, taşkilotçilar esa maxsus uskunalar yordamida ularning uyqu sifatini baholaydi. Ular uyquning çuqurligi, uxlab qoliş tezligi va holatning barqarorligini ölçaydi. Uşbu malumotlar asosida ğolib aniqlanadi.
Bahsning boş mukofoti – 2,22 million iyena (joriy kurs böyiça taxminan 14 300 – 14 400 AQŞ dollari). Bu raqam tasodifan tanlanmagan: u ommaviy madaniyatda uyquni anglatuvçi “Zzz” ovozini eslatadi. Şuningdek, tanlovda qöşimça nominatsiyalar ham közda tutilgan: eng çuqur uyqu uçun va dam oliş paytidagi eng noodatiy yoki hatto “akrobatik” holat uçun.
Har bir “bosqiç” oldidan iştirokçilar çigal yoziş maşqlarini bajaradi va dam oliş sifatiga tasir qilişi mumkin bölgan tasodifiy buyumlarni oladi. Bundan taşqari, musobaqa paytida kutilmagan “uyqu buzilişlari” taşkil etiladi. Biroq taşkilotçilar ularni sir saqlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vengriya şimolidagi Nergeşuyfalu şahridagi jamoat qabristonida qabr qaziş böyiça öziga xos musobaqa ötkazilgan edi. Unda 38 nafar iştirokçi – 19 ta ikki kişilik jamoa qatnaşgan. Jamoalar qabristonlarni saqlaş va dafn xizmatlari sohasida işlovçi mutaxassislardan taşkil topgan.