USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eronga ketayotgan 17 nafar afğon muhojiri çölda suvsizlikdan vafot etdi

49 марта
Эронга кетаётган 17 нафар афғон муҳожири чўлда сувсизликдан вафот этди

Afğonistondan Eronga ötişga uringan 17 nafar migrant yölda taşnalikdan halok böldi. Bu haqda “AmuTV” xabar berdi.

Malum qilinişiça, voqea joriy yilning 10 sentyabr kuni Eronning Saravon şahri yaqinidagi Rotak çegara hududining Mak-Suxteh mavzesida sodir bölgan. Migrantlar yöl davomida suv zaxirasi tugab qolişi ortidan oğir suvsizlanişga duç kelgan.

Halok bölganlar orasida Afğonistonning Bağlon viloyatidan bölgan bir oilaning 5 nafar azosi ham bor. Ular 45 yoşli ona hamda 14, 16, 18 va 22 yoşli tört qizidan iborat bölgan.

Malumotlarga köra, halok bölganlar orasida 14 yoşga tölmagan 6 nafar bola ham bölgan.

Marhumlarning qarindoşlari va voqea guvohlari migrantlar Eronga boradigan yölda suv keskin tanqis bölganini va şu sababli odamlar suvsizlikdan vafot etganini bildirgan.

Eronning inson huquqlari va mahalliy voqealarni yorituvçi Haalvş tarqatgan videolarda nomalum hududda bir neçta qabr qazilayotgani aks etgan. Taşkilot mazkur qabrlar yölda halok bölgan afğonlar uçun tayyorlanganini malum qilgan.

Afğoniston fuqarolarining Eronga boriş uçun xavfli çöl yöllaridan foydalanişi oqibatida yuz berayotgan şunday holatlarning birinçisi emas. Avgust oyi boşida Afğonistonning janubi-ğarbidagi Nimröz viloyatida Hayotulloh ismli şaxs va yana 18 kişi Margov çölini kesib ötib, Eronga borişga uringan vaqtida bedarak yöqolgandi. Keyinçalik ularning kuçli issiq va suvsizlik oqibatida halok bölgani xabar qilingan.

Afğonistonda davom etayotgan qaşşoqlik, işsizlik va xavfsizlik bilan boğliq muammolar sababli köplab fuqarolar qöşni davlatlarga noqonuniy yöllar orqali çiqişga urinmoqda. Bunday safarlarda migrantlar köpinça odam savdogarlari yoki kontrabandaçilar xizmatidan foydalanib, çöl va boşqa oğir hududlardan ötişga majbur böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda 14 million kişi kuçli oziq-ovqat tanqisligiga duç kelayotgani, bu esa mamlakat aholisining qariyb 32 foizini, yani har uç kişidan birini taşkil etişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: