Hibsdagi “tillaga kömilgan kelin” eriga qarşi körsatma berdi
“Vanlik Qora Haydar” laqabi bilan tanilgan Mehmet Fotih Tançalanning rafiqasi Çağli Öz Tançalanning prokuraturada bergan körsatmalari malum böldi. U erining “taqinçoqlar ijaraga olingan edi” degan bayonotini rad etib, tilla buyumlar sotib olinganini aytdi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Uning aytişiça, töyda elon qilingan 43 million turk lirasi qiymatidagi taqinçoqlar haqidagi malumot ham töqib çiqarilgan. Tançalan Moliyaviy jinoyatlarni tergov qiliş qömitasi – MASAK (Mali Suçları Araştırma Kurulu) hisobotlari va qimmatbaho avtomobillar harakati böyiça ham tuşuntiriş berib, erini köz-köz qiliş uçun mavjud bölmagan pul bilan maqtanganlikda ayblagan.
Çağli Öz Tançalan eri Mehmet Fotih Tançalanning taqinçoqlar haqidagi bayonotiga zid ravişda, tilla buyumlar ijaraga olinmagani, sotib olinganini bilişini aytgan. U töyda taqilgan barça tilla buyumlar keça oxirida eri tomonidan olib ketilganini, keyinçalik ular Muradiyeda ötkazilgan tintuv vaqtida ötinxonadagi çamadondan topilganini bildirgan.
Çağli Öz Tançalan töyda 43 million lira yiğilgani haqida malumoti yöqligini, elon qilingan ismlarning aksariyati töqib çiqarilganini va bu elonlar köz-köz qiliş maqsadida qilinganini aytgan.
Çağli Özning körsatmasiga köra, unaştiruv marosimida unga marjon va ikkita bilaguzuk taqilgan, toj hamda belboğ esa zargardan vaqtinça olingan. Uning aytişiça, marjon va bilaguzuklarni keyinçalik Mehmet Fotih Tançalan va uning oilasi sotib olgan. Mazkur taqinçoqlar töyda ham kelinning öziga taqilgan.
Çağli Öz joriy yilning 6 sentyabr kuni Van şahrida ötkazilgan töyni eri taşkillaştirganini, tadbir xarajatlari qaysi mablağ hisobidan qoplanganini bilmasligini bildirgan. Uning aytişiça, töy davomida öziga taqilgan barça tilla buyumlarni keça yakunida eriga bergan. Şundan söng u dugonalari bilan mehmonxonaga, eri esa döstlari bilan boşqa joyga ketgan.
Keyinçalik tilla buyumlar Muradiyeda huquq-tartibot xodimlari ötkazgan tintuv vaqtida ötinxonadagi çamadondan topilgan. Çağli Öz ayrim bilaguzuklarning soxta ekanini keyinçalik yangiliklardan bilganini aytgan. U eridan nega bunçalik köp tilla borligini söraganida, Mehmet Fotih Tançlan “Bu qabila hududi, töylarda hamma şunça tilla taqadi”, deb javob bergan.
Töyda “Haydar Beyning töyiga kelgan sovğalar, taqinçoqlar va IBAN orqali tuşgan pullar bilan birga 43 million lira” yiğilgani haqida elon qilingani ham tergov doirasida örganilmoqda. Çağli Öz bunday miqdordagi pul yiğilganini bilmasligini, elon qilingan ismlarning aksariyati töqib çiqarilganini aytgan.
Uning takidlaşiça, erining körsatmasi bilan töyda aslida olinmagan pullar haqida ham elon qilingan. Çağli Öz bu orqali Mehmet Fotih Tançalan öziga katta miqdorda pul kelganini odamlarga körsatişni istaganini bildirgan. U erini mavjud bölmagan mablağni bordek körsatib, odamlar oldida maqtanişni yaxşi köradigan inson sifatida tariflagan.
MASAK tekşiruvlarida aniqlangan pul ötkazmalari böyiça ham Tançalanning izohi olingan. U eri bilan örtasidagi qariyb 1,5 million liralik pul harakatlarini qarz oldi-berdisi bilan izohlagan.
Şuningdek, u onasiga 221 ta operatsiya orqali qariyb 5,2 million lira yuborganini, bu mablağlar onasining ehtiyojlari, ijara va kundalik xarajatlari uçun berilganini aytgan. Onasidan 303 ta operatsiya orqali qariyb 6 million 69 ming lira kelgani haqida esa bu avval jamğarib turiş uçun onasiga yuborgan va keyinçalik zarurat tuğilganda qaytarib olgan öz puli ekanini bildirgan.
Mehmet Fotih Tançalanning jiyani Muhammed Sait Tançalan hisob raqamidagi pul harakatlariga ham izoh berilgan. Çağli Öz Tançalan eri aliment böyiça sud işi sababli öz hisob raqamlaridan foydalana olmaganini, şu bois ayrim hollarda pul yuboriş uçun jiyanining hisobidan foydalanganini aytgan. MASAK malumotlarida uşbu hisob raqam orqali 11 ta operatsiyada 644 ming liralik pul harakati aniqlangani qayd etilgan.
Qimmatbaho avtomobillarning oila azolari örtasida qayta-qayta rasmiylaştirilişi ham tergovda körib çiqilgan. MASAK bunday harakatlarni mol-mulk manbasini yaşiriş, moliyaviy kuzatuvni qiyinlaştiriş va ehtimoliy xatlov çoralarini çetlab ötişga xizmat qilişi mumkin bölgan “qatlamlaş” jarayoni sifatida baholagan.
Tançalan esa uşbu baholaşni rad etib, avtomobillar maxsus davlat raqamlarini yangi maşinaga ötkaziş uçun qisqa muddatga oila azolari nomiga rasmiylaştirilganini aytgan. U bunday harakatlarning pulni legallaştirişga aloqasi yöqligini takidlagan. Öz nomidagi qimmatbaho avtomobilni esa tijoriy faoliyatidan olgan daromadlari hisobidan sotib olganini bildirgan.
MASAK hisobotida Tançalanning 2020 yildan buyon deklaratsiya qilgan qariyb 1,1 million liralik foydasi bilan uning namoyiş etgan turmuş tarzi örtasida nomuvofiqlik borligi ham qayd etilgan. Çağli Öz Tançalan esa ijtimoiy tarmoqlar va savdo faoliyatidan daromad olganini aytib, faqat sönggi 3 oyda kosmetika mahsulotlarini reklama qiliş orqali Trendyol platformasidan 2,5 million lira daromad qilganini bildirgan. Uning aytişiça, bu daromadlar böyiça hisob-faktura rasmiylaştirilgan.
Tançalan MASAK hisobotida xato bölişi mumkinligini, soliq yoki tijoriy deklaratsiyalarida kamçilik aniqlansa, ularni töldirişga tayyor ekanini ham aytgan.
Şu bilan birga, u özining noqonuniy pullarga aloqasi yöqligini takidlab, eri köz-köz qilişni va maqtanişni yaxşi körişini bildirgan. Tançalanning sözlariga köra, eri ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bölmagan mablağni bordek körsatgan, dabdabali hayot tarzini esa odamlardan qarz olib davom ettirgan.
Van Respublika Boş prokuraturasi hozirda MASAK malumotlari, bank operatsiyalari, qimmatbaho avtomobillarning qayta rasmiylaştirilişi, töyda taqilgan tilla buyumlar hamda gumonlanuvçilar va ularning yaqinlari örtasidagi pul harakatlarini örganişda davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, Turkiyaning Van şahrida ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölgan moda dizayneri va tadbirkor Çağli Öz hamda “Vanli Qora Haydar” laqabi bilan tanilgan bloger Mehmet Fotih Tançalanning töyida ularga taqilgan katta miqdordagi oltin va pullar tekşiruvga sabab bölgan edi. https://qalampir.uz/news/tillaga-kumilgan-kelin-blogerlarning-tuyi-katta-tekshiruvga-sabab-buldi-142774 Kelinning öziga 52 kilogramm oltin, kuyovga esa 44 million turk lirasi taqilgani aytilgan. Tergov doirasida kuyov Mehmet Fotih Tançalan va uning rafiqasi ham hibsga olingan edi.