USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya AQŞdagi saylovlarga aralaşiş kampaniyasini boşladi – razvedka

57 марта
Россия АҚШдаги сайловларга аралашиш кампаниясини бошлади – разведка

Rossiya AQŞda noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlarga tasir körsatiş uçun internetda dezinformatsiya tarqatişni boşladi. Bu haqda Amerika razvedkasining maxfiy hisobotlariga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.  

Malumotlarga köra, Kreml navbatdagi aralaşuv kampaniyasini maqullagan bölib, undan maqsad muayyan bir partiyani qöllab-quvvatlaş emas, balki Amerika jamiyatida parokandalik keltirib çiqariş va kelişmovçiliklarni kuçaytirişdir. Şu bilan birga, tadqiqotçilar tomonidan aniqlangan materiallar hozirça asosan raqobatli okruglardagi demokrat nomzodlarga qarşi qaratilgan.

Soxta kontentni yaratiş va tarqatiş uçun suniy intellektdan (SI) foydalanilmoqda. Köplab videoroliklar CNN, BBC va NYT materiallari kabi stilizatsiya qilingan. Ularda nomzodlar korruptsiya, antisemitizm va LGBTni qöllab-quvvatlaşda ayblanadi. 

Tadqiqotçilar oxirgi haftada bu kabi videolarning ikkita tölqinini qayd etgan. “Graphika” tahliliy kompaniyasi uşbu faollikni Rossiyaning “Perezagruzka” (Overload) operatsiyasi, şuningdek “Matreşka” nomi bilan maşhur bölgan kampaniya bilan boğlagan.

Şu bilan birga, AQŞ razvedkasi bevosita ovoz beriş jarayoniga tahdid solişi mumkin bölgan saylov infratuzilmasini buzib kiriş (xakerlik) urinişlarini aniqlamagan. Şuningdek, naşr sörov ötkazgan Amerika rasmiylarining aytişiça, joriy dezinformatsiya kampaniyasi Rossiyaning avvalgi operatsiyalariga qaraganda kamroq masştabli va kamroq muvofiqlaştirilgandek körinmoqda. 

Ularning sözlariga köra, maxsus xizmatlar Moskvani oraliq saylovlarga qaraganda prezidentlik saylovlari köproq qiziqtiradi deb hisoblaydi. Bundan taşqari, uning etiborini Ukraina bilan çözilib ketgan uruş çalğitmoqda. Şu bilan birga, “Graphika” katta tadqiqotçisi Jan Le Ru Rossiya kampaniyasi “jadallaşib borişini” taxmin qilmoqda. 

“Ular töxtab qoladi deb öylamayman”, deydi u.

Eslatib ötamiz, AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning noyabr oyidagi Kongress saylovlarida respublikaçilar nazoratni saqlab qolsa, har bir katta yoşli amerikalikka 5 ming dollardan “Tramp dividendi” tölaşni vada qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: