USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Volkswagen Porsçe zavodlaridagi minglab işçilarni böşatmoqçi

65 марта
Volkswagen Porsche заводларидаги минглаб ишчиларни бўшатмоқчи

Tarkibiga Porsçe ham kiruvçi Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik kontserni Porsçe zavodlarida taxminan 4,1 mingta iş örnini qisqartirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, “Handelsblatt” gazetasi xabar berdi.

“Porsçe brendi uçun Volfsburg (Volkswagen kontserni qarorgohi) rejasida “taxminan 4,1 mingta iş örnini” qisqartiriş nazarda tutilgan”, deyiladi gazeta xabarida.

“Handelsblatt” malumotlariga köra, uşbu reja mablağlarni tejaşga qaratilgan bölib, çora-tadbirlar “amaldagi kelişuvlarga qöşimça ravişda” qöllaniladi. Bu avvalroq kelişilgan ştat qisqartirişlariga qöşimça ravişda Porsçe’ning 4 mingdan ortiq xodimi böşatilişini anglatadi.

“Handelsblatt”ning qayd etişiça, şu tariqa, avvalgi çora-tadbirlar hisobga olinganda, kompaniya korxonalarida dastlabki qariyb 23 mingta iş örnidan umumiy hisobda 9 mingtasi qisqartiriladi. Buning evaziga Porsçe “2035 yilgaça taşkiliy sabablarga köra işdan böşatişlarni istisno etadi” va “Tsuffenxauzen hamda Vayssaxdagi işlab çiqariş maydonçalari saqlanib qolişini kafolatlaydi”.

Şu bilan birga, kompaniyaning aynan qaysi zavodlari qisqartiriş rejalariga tuşişi hozirça nomalumligiça qolmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Volkswagen kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş maqsadida 50 mingta iş örnini qisqartiriş va avtomobil modellarining qariyb yarmini işlab çiqarişni töxtatişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: