USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Avstraliyada aholi qarişi va tuğiliş kamayişi xavfidan ogohlantirildi

69 марта
Австралияда аҳоли қариши ва туғилиш камайиши хавфидан огоҳлантирилди

Avstraliya hukumati 2060-yillarga borib mamlakatdagi ölimlar soni tuğilişlardan oşib ketişi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Avstraliya önlab yillar davomida tuğiliş darajasining pastligini qoplaş va aholi sonini oşiriş uçun migratsiyaga tayanib kelgan. Biroq migratsiya surati pasayib borayotgani sababli mamlakat Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarda kuzatilayotgan demografik jarayonga yaqinlaşmoqda.

Ularda ölimlar soni allaqaçon tuğilişlardan oşib ketgan.

Avstraliya Ğaznaçiligi bugun, 21 sentyabr kuni elon qilgan avlodlararo hisobotda suniy intellekt, geosiyosiy parçalaniş, energetika transformatsiyasi, aholining qarişi va xizmatlarga asoslangan iqtisodiyotga ötişni mamlakat iqtisodiy istiqboliga kelgusi 40 yilda eng katta tasir körsatadigan beşta jarayon sifatida qayd etgan.

Hisobotga köra, tuğiliş darajasi pasayişi va xorijdan sof migratsiya — mamlakatga kelayotganlar bilan undan ketayotganlar örtasidagi farq — qisqarişi natijasida keyingi 40 yilda aholi ösişi yiliga örtaça 0,9 foizgaça sekinlaşadi. Bu körsatkiç sönggi 40 yilda örtaça 1,4 foizni taşkil etgan.

“Avstraliya aholisi prognoz qilinganidan tezroq qariydi va sekinroq ösadi. 2060-yillarga borib ölimlar tuğilişlardan oşib ketişi prognoz qilinmoqda. Bu Avlodlararo hisobotda birinçi marta şunday prognoz qilinmoqda va şu paytdan tabiiy ösiş aholi köpayişining omili bölmay qoladi”, deyiladi Ğaznaçilik hisobotida.

Avstraliyaning markaz-çap Leyboristlar hukumati ötgan hafta migratsiya qoidalarini kuçaytirgan. Boş vazir Entoni Albanez öng populistik Bir millat partiyasi qöllab-quvvatlovi ortib borayotgan bir paytda migratsiyani çeklaş çoralarini kuçaytirmoqda.

Hisobotda aholining qarişi parvariş xizmatlariga talabni oşirişi ham takidlangan. Aholisi nisbatan keksa bölgan hududlarda soğliqni saqlaş va keksalarga qaraş sohalarida mehnat tanqisligi kuçayişi mumkin, çunki bu tarmoqlar migrant işçilarga katta darajada tayanadi.

Şuningdek, hujjatda kelgusi byudjetlarda soliqlarni kamaytiriş imkoniyati ham qayd etilgan. Hukumat inflyatsiyaning yuqoriligi, ipoteka stavkalarining oşişi va qimmat uy-joylar şaroitida aholiga turmuş xarajatlarini qoplaş uçun qöşimça yordam körsatmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Avstraliya xorijlik talabalarga öqiş davrida turmuş örtoği, hamkori va farzandlarini mamlakatga olib kelişni taqiqlaşni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: