Jurnalistlar Trampni sudga berdi
Ötgan haftada jurnalistlari Oq uyga kirişi taqiqlangan uçta yangiliklar naşri AQŞ Prezident Donald Trampga qarşi davo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Xabar qilinişiça, Amerikaning CNN, Politico va MS NOW naşrlari federal sudga Donald Tramp va uning administratsiyasidagi uçta boş maslahatçisiga qarşi davo arizasi kiritgan.
Ular tösatdan joriy etilgan taqiqni “Konstitutsiyaga kiritilgan Birinçi tuzatişga bevosita tajovuz” hamda hukumat matbuot nima haqida xabar berişini hal qilmasligi töğrisidagi tamoyilning buzilişi deb atab, öz jurnalistlarining Oq uyga kiriş huquqini tiklaşni talab qilgan.
“Oq uy oldindan ogohlantirmasdan va protsessual normalarga rioya qilmasdan, reportajlarimizga etiroz bildirgani sababli jurnalistlarimizning akkreditatsiyasini bekor qildi. Agar bu (Tramp administratsiyasining taqiqi) javobsiz qoldirilsa, matbuot erkinligiga hamda jamoatçilikning hokimiyat aralaşuvidan xoli bölgan mustaqil jurnalistikaga bölgan huquqiga tahdid tuğiladi”, deyiladi OAVlarning qöşma bayonotida.
Taşkilotlar Vaşingtondagi AQŞ Okrug sudidan administratsiya harakatlarini şoşilinç tartibda konstitutsiyaga zid deb tan olişni va ularning keyingi ijrosini taqiqlaşni söragan.
Davo böyiça Trampdan taşqari, Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls, kommunikatsiyalar böyiça direktor Stiven Çeng va Maxfiy xizmat direktori Şon Karran javobgar sifatida tortilgan.
Malumot uçun, 18 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti CNN, MS NOW va “Politico” muxbirlariga Oq uyga kirişni taqiqlaşini, çunki uşbu naşrlar göyoki feyk yangiliklar tarqatayotganini malum qilgan. Ertasi kuniyoq uşbu naşrlar jurnalistlari özlarining Oq uyga kiritilmagani haqida xabar bergan. Şundan söng, Donald Tramp CNN, MSNBC va “Politico” logotiplari tuşirilgan axlat xaltalari tasvirini elon qilgan.