USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyning ikki muhim qömondoni armiya va partiyadan haydaldi

64 марта
Хитойнинг икки муҳим қўмондони армия ва партиядан ҳайдалди

Xitoyda yuqori martabali harbiy qömondonlar Çjan Yusya va Lyu Çjenli sadoqatsizlik, korruptsiya va boşqa “jiddiy intizomiy qoidabuzarliklar”dagi ayblovlardan söng Kommunistik partiyadan çiqarildi va Qurolli kuçlar safidan böşatildi. Bu haqda rasmiy bayonotga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Çjan Yusya Xitoy harbiy qömondonligining oliy organi – Markaziy harbiy kengaş (MHK) raisi örinbosari lavozimini egallab kelgan va XXR raisi Si Tszinpindan keyin maqomi böyiça ikkinçi harbiy rahbar hisoblangan. Lyu Çjenli MHK tarkibiga kirgan va uning Birlaşgan ştabi boşliği bölgan. Ikkala harbiy rahbarga nisbatan tergov haqida yanvar oyida elon qilingan, avgust oyi oxirida esa ular davlat MHK tarkibidan çiqarilgan edi.

“Çjan Yusya va Lyu Çjenli “siyosiy intizom va siyosiy qoidalarni jiddiy ravişda buzişgan, guruhbozlik va fraktsiyalar tuzişgan, partiyaga nisbatan sadoqatsizlik va insofsizlik qilişgan”, deb “Sinxua” agentligi rasmiy hujjatlardan parça keltiradi.

Amaldagi hokimiyat harbiy qömondonlar tomonidan korruptsiya, öz vazifalarini bajarmaslik va vakolatlarni suiistemol qiliş holatlari sodir etilganini malum qilgan. Rasmiy bayonotda gap “favqulodda yirik” summalar haqida ketayotgani, qoidabuzarliklarning xususiyati va oqibatlari esa “haddan taşqari oğir” deb baholangani aytiladi.

Çjan Yusya va Lyu Çjenlini partiyadan çiqariş töğrisidagi qaror Si Tszinpin raisligida ötgan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi majlisida tasdiqlangan. Ularning işi körib çiqiş va qonunga muvofiq javobgarlikka tortiş uçun harbiy prokuraturaga topşiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda Xubey provintsiyasi Kommunistik partiyasi qömitasining sobiq kotibi 111 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: