USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Aql bovar qilmas”: 6 oyda 450 mingdan ortiq odam issiqdan qirilib ketişi mumkin

176 марта
“Ақл бовар қилмас”: 6 ойда 450 мингдан ортиқ одам иссиқдан қирилиб кетиши мумкин

Kuçli El-Nino sababli kelgusi olti oyda dunyo böylab 450 mingdan ortiq odam issiq tufayli vafot etişi mumkin. Olimlar hodisa hali özining eng yuqori çöqqisiga çiqmaganini, şunga qaramay, harorat El-Nino davrida qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdan oşib ketganini aytmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Iqlimşunoslarning hisob-kitoblariga köra, 2026 yil sentyabridan 2027 yil fevraligaça davom etadigan davrda El-Nino tufayli yuzaga keladigan qöşimça issiq 451 ming kişining ölimiga olib kelişi mumkin.

Eng köp zarar körişi mumkin bölgan davlatlar qatoriga Nigeriya, Indoneziya, Sudan, Hindiston va Braziliya kiradi. AQŞ ham eng köp tasirlanadigan 20 ta davlat qatorida bölib, u yerda qöşimça 3,5 mingga yaqin odam issiq tufayli vafot etişi prognoz qilinmoqda. Afrikaning Sahel mintaqasi va Janubi-Şarqiy Osiyo ham kuçli tasir ostida qolişi kutilmoqda.

El-Nino nafaqat issiqni kuçaytiradi. U qurğoqçilik, örmon yonğinlari va suv toşqinlarini ham keltirib çiqarişi mumkin. Şu sababli uşbu hodisa oqibatida issiqdan taşqari boşqa sabablar bilan ham qöşimça ölimlar yuz berişi mumkin.

Olimlar issiq tufayli yuz berişi mumkin bölgan ölimlarni hududlar kesimida hisoblagan. Ularning takidlaşiça, bunday prognozlar odamlarni himoya qiliş çoralarini oldindan köriş imkonini beradi. Buning uçun issiq havo böyiça aniqroq prognozlar beriş, odamlar jaziramada panoh bölişi mumkin bölgan salqin markazlar taşkil etiş, eng issiq paytlarda tibbiyot muassasalarida xodimlar sonini oşiriş va oçiq havoda işlaydiganlarni himoya qiliş taklif etilmoqda.

Hozirgi El-Nino joriy yilning 21 sentyabr kuni uşbu hodisa böyiça qayd etilgan eng yuqori harorat körsatkiçidan oşib ketgan. Haroratning keskin oşişi avvalgi El-Nino hodisalariga nisbatan şu qadar yuqoriki, ayrim olimlar uni “aql bovar qilmas” va “Godzilla darajasidagi” hodisa deb atamoqda.

El-Nino tabiiy iqlim hodisasi bölsa-da, global isiş uning tasirini kuçaytirişi mumkin.

“451 ming kişi degan raqam şu qadar kattaki, u odamni karaxt qilib qöyişi mumkin. Ammo bu raqam ota-onalar va bolalar, bobo-buvilar va qöşnilar, işga borayotgan, oilasiga ğamxörlik qilayotgan va öz hayotini yaşayotgan odamlardan iborat”, degan hisobot hammuallifi, Çikago universiteti professori va Climate Impact Lab taşkiloti hammuassisi Maykl Grinstoun.

Prognoz 2027 yil fevraligaça bölgan davrni qamrab oladi. Çunki hozirgi harorat prognozlari şu muddatgaça tuzilgan. Biroq issiq tufayli ölimlarning yuqori darajasi 2027 yil iyun yoki iyul oyigaça davom etişi kutilmoqda.

Tadqiqotçilar El-Ninoni “kelajagimizdan yuborilgan otkritka” deb atagan. Ularning fikriça, hozirgi hodisa haroratni iqlim inqirozi taxminan 20 yildan keyin olib kelişi kutilayotgan darajaga kötarmoqda.

“Favqulodda vaziyatlarga javob çoralarini kuçaytiriş va say-harakatlarimizni aniqroq yönaltiriş orqali bu yil köplab insonlarning hayotini saqlab qoliş mumkin. Ammo 20 yildan keyin bugungi ekstremal haroratlar odatiy holga aylanganda, biz doimiy favqulodda vaziyatda yaşaşni istamaymiz. Kelajakda insonlar hayotini saqlab qoladigan vositalarni yaratiş, joriy etiş va sinovdan ötkaziş uçun hozirdanoq harakat qilişimiz kerak”, degan hisobot hammuallifi, Kaliforniya universiteti professori Tamma Karlton.

Prognozlar butun dunyo böylab 24 378 ta hududda harorat va issiq tufayli qöşimça ölimlar örtasidagi oyma-oy boğliqlikni örgangan ilmiy usullar asosida işlab çiqilgan. Keyin bu malumotlar kelgusi oylarda El-Nino sababli haroratning oşişi haqidagi prognozlar bilan birlaştirilgan. Hisob-kitoblarda 1996–2025 yillardagi örtaça oylik issiq tufayli ölimlar soni asos qilib olingan.

Grinstounning aytişiça, ilgari olimlar ekinlarga tasir qilişi mumkin bölgan zarbalarni oldindan prognoz qilib, bu haqda ogohlantiriş bergan. Yangi hisobot esa xuddi şunday usul yordamida inson ölimini ham oldindan baholaş imkonini bermoqda.

Hisobot ilmiy jurnalga ekspertlar körigidan ötkaziş uçun taqdim etiladi. Biroq Grinstoun vaziyatning dolzarbligi sababli tadqiqotni elon qilişni kutib ötiriş masuliyatsizlik bölişini aytgan.

El-Nino oziq-ovqat taminotiga ham jiddiy tasir körsatişi mumkin. Jahon oziq-ovqat dasturi avgust oyida El-Nino oqibatlari qariyb 50 million kişini ötkir oçlik holatiga tuşirişi va oziq-ovqat narxlarini oşirişi mumkinligidan ogohlantirgandi.

1877–1878 yillardagi yirik El-Nino hodisasi qurğoqçilik va oçarçilik tufayli 50 milliondan ortiq odamning ölimiga olib kelgan. Öşa paytda Hindiston, Braziliya va Xitoy eng katta zarar körgan.

London Imperial kolleji professori Friderika Otto hozirgi El-Nino iqlim tizimidagi energiyaning katta miqyosda qayta taqsimlanişi ekanini takidlagan. Uning sözlariga köra, hodisa inson faoliyati tasirida allaqaçon isib ketgan iqlim şaroitida yuz berayotgani uçun xavfli.

“Dunyoning köplab hududlarida ilgari kuzatilmagan darajadagi ekstremal issiq va uning soğliq, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv tanqisligiga tasirini köramiz. El-Nino keladi va ketadi, biroq qazib olinadigan yonilğilarni yoqişda davom etar ekanmiz, u tobora issiqroq şaroitda yuz beradi. Bu esa jamoalarning uning oqibatlari bilan kuraşişini yanada qiyinlaştiradi”, degan Otto.

Malumot uçun, El-Nino – Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismlarida yer usti suvlarining meyordan ortiq isişi bilan boğliq bölgan iqlim hodisasi bölib, dunyoning turli mintaqalaridagi ob-havo şaroitlariga sezilarli tasir körsatadi. Odatda, uşbu hodisa har ikki yildan yetti yilgaça bölgan davr oraliğida kuzatiladi va töqqiz oydan ön ikki oygaça davom etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: