Aliyev josuslik ayblovi qamalgan frantsuzni afv etdi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda josuslik ayblovi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan frantsiyalik tadbirkor Marten Rayanni afv etdi. Tegişli farmon Ozarbayjon yetakçisining saytida elon qilindi.
Joriy yilning 14 sentyabr kuni “Financial Times” gazetasi öz manbalariga tayanib, Frantsiya hokimiyati Ozarbayjon bosimi ostida özbek-rus oligarxi Alişer Usmonovga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanktsiyalarini bekor qilişga urinayotgani haqida maqola elon qilgan. Naşr malumotlariga köra, sanktsiyalarni olib taşlaş Ozarbayjonda hibsga olingan Frantsiya fuqarolarini ozod qiliş böyiça kelişuvning bir qismi bölgan.
Uç nafar Yevropa mulozimi FT’ga malum qilişiça, Frantsiya va Slovakiya Vladimir Putin rejimi bilan boğliq 2600 ta jismoniy va yuridik şaxsga nisbatan sanktsiyalarni uzaytirişga veto qöyib, uşbu röyxatdan Usmonovni çiqarib taşlaşni talab qilgan.
Keça, 22 sentyabr kuni Yevropa Ittifoqi Kengaşi Rossiya jismoniy va yuridik şaxslariga qarşi sanktsiyalarni yana uç yilga uzaytirişni maqullagani, şu bilan birga Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanktsiyalar röyxatidan çiqarib taşlagani malum böldi. FT manbalariga köra, Lyuksemburg Fridmanga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilişni söragan.
Marten Rayan 2023 yilning dekabrida Ozarbayjonda Frantsiya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilişda ayblanib qölga olingan. 2026 yilning martida u 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Aliyev bugun, 23 sentyabr kuni imzolagan farmoni bilan jami 20 kişini afv etgan. Ular orasida 2024 yilning dekabrida Bakuda hukm öqilgan Rossiya va Isroil fuqarosi Kirill Mixaylov ham bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlar Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanktsiyalar röyxatidan çiqarişga kelişgani haqida xabar berilgan edi.