Şvetsiyada vikinglar davriga oid katta xazina topildi
Şvetsiyada vikinglar davri va ilk örta asrlarga oid 24 mingdan ortiq kumuş tanga hamda boşqa buyumlardan iborat katta xazina topildi. Bu haqda Şvetsiya Milliy meros kengaşi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Hörningşolm xazinasi” 2025 yil avgust oyida Södertälje munitsipalitetining Mörkö hududidagi Hörningşolm 2:7 yer maydonidan topilgan. Topilma tarkibida taxminan 24 ming 100 ta kumuş tanga va 144 ta boşqa buyum bor.
Xazinaning asosiy qismini kumuş buyumlar taşkil etadi. Şuningdek, undan zarhal buyumlar va oz miqdorda oltin buyumlar ham topilgan. Topilmalarning umumiy holati yaxşi ekani aytilmoqda. Xazinani topgan şaxs topilma haqida tezda viloyat mamuriyatiga xabar bergan. Şu orqali u qonunçilikda belgilangan majburiyatlarini bajargan.
“Hörningşolm xazinasi” Şvetsiya hududidan hozirgaça topilgan eng yirik tanga xazinasi hisoblanadi. U mamlakatning dastlabki iqtisodiyoti, uzoq masofalardagi aloqalari va yozma manbalarda kam yoritilgan davrdagi jamiyat tuzilişi haqida yangi malumotlar berişi mumkin.
Xazina tarkibida juda kam uçraydigan yepiskop tangalarining köpligi ham qayd etilgan. Şvetsiya Milliy meros kengaşi xazinani 4 million krona (taxminan 400 ming dollar) tovon puli evaziga davlat tomonidan qabul qilib olişga qaror qilgan.
Kengaş vakili Magnus Larssonning aytişiça, tovon miqdorini belgilaşda topilmaning juda yuqori tarixiy-madaniy qiymati hamda xazinani aniqlagan şaxs uçun adolatli va masuliyatli tovon belgilaş zarurati hisobga olingan.
Şvetsiya Milliy meros kengaşi qadimiy topilmalarni qonunçilikka muvofiq ravişda tegişli idoralarga xabar qiliş va ularni asrab-avaylaş muhimligini takidladi. Bu orqali topilmalar saqlanişi, örganilişi va jamiyat manfaatiga xizmat qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq işçilar Dunay tubidan tasodifan 2200 yillik tarixga ega, 500 ta temir yombidan (slitok) iborat xazinani topgani haqida xabar berilgan edi.