USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Qirğiziston delegatlari Netanyaxuning BMTdagi nutqini boykot qildi

207 марта
Ўзбекистон ва Қирғизистон делегатлари Нетаньяхунинг БМТдаги нутқини бойкот қилди

Keça, 24 sentyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 81-Boş Assambleyasida Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu nutq sözladi. Uning nutqi avvalida köplab davlatlar, jumladan, Özbekiston va Qirğiziston delegatlari norozilik sifatida zalni tark etdi. Buni “Reuters” elon qilgan suratlardan köriş mumkin.

Netanyaxu BMT Boş Assambleyasida sönggi bir neça kun davomida minbardan Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarini qoralagan köplab dunyo yetakçilaridan söng sözga çiqqan. Netanyaxu zalda paydo bölişi bilan bir vaqtning özida ham qöllab-quvvatlaş, ham norozilik hayqiriqlari yangragan, delegatlar esa ommaviy ravişda öz örinlarini tark eta boşlagan. “Reuters” naşri elon qilgan suratda Özbekiston va Qirğiziston delegatlarining ham örni böş qolganini köriş mumkin. 

Zalda qolganlar orasida Prezident Aleksandr Vuçiç boşçiligidagi Serbiya delegatsiyasi ham bor. Şuningdek, Qozoğiston va Ozarbayjon vakillari ham zalni tark etmagan.

Isroil Boş vaziri zaldan çiqib ketganlarni “axloqiy qörqoqlar” deb atagan va Isroilning Ğazo sektorida genotsid olib borayotgani haqidagi ayblovlarni “asrning eng katta yolğoni” deb atagan. U, şuningdek, AQŞning Eronga qarşi uruşiga qöşiliş özi qabul qilişiga töğri kelgan “eng yengil qarorlardan biri” bölganini qöşimça qilgan.

“Associated Press”ning qayd etişiça, Falastin milliy mamuriyati rahbari Mahmud Abbos ham şu kunda BMTda nutq sözlagan, ammo videoaloqa orqali – AQŞ ketma-ket ikkinçi yil unga Boş Assambleyada iştirok etiş uçun viza berişni rad etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 81-Boş Assambleyasida Ğazo bugun nafaqat dunyodagi eng katta qabriston, balki dunyoda amputatsiya körsatkiçi eng yuqori bölgan mintaqa hisoblanişini, şuningdek, Ğazo – hozirgi davrning eng insoniylikka zid, eng uyatli qirğini ekanini aytgan edi.

Bundan taşqari, Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Nyu-Yorkdagi BMT Boş Assambleyasidagi çiqişi çoğida Falastindagi vaziyat haqida gapirayotib, minbarga muştini urgandi. U AQŞ Prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasi muvaffaqiyati haqidagi bayonotlarini şubha ostiga qöyib, elon qilingan tinçlikka qaramay, Ğazo sektorida şu kungaça birorta ham gumanitar koridor oçilmaganini aytgan. Frantsiya yetakçisi dunyo “hamma uyatda qolişi kerak bölgan” vaziyatni kuzatayotganini aytgan hamda Trampni Ğazo böyiça öz rejasini diplomatik zafar sifatida taqdim etgani uçun tanqid qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: