Kongoda 100 kişini olib ketayotgan kema ağdarilib ketdi. Qurbonlar bor
Kongo Demokratik Respublikasida qariyb 100 kişini olib ketayotgan kema Tanganika kölida ağdarilib, 41 kişi halok böldi. Yana 49 kişi qutqarilgan, qolgan yölovçilarni izlaş işlari davom etmoqda. Bu haqda "Sky News" xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 24 sentyabr kuni yuz bergan. Tanzaniyaning Kigoma şahridan Kongo Demokratik Respublikasining Tanganika provintsiyasidagi Kalemi şahriga yöl olgan qayiq Mapera qişloği yaqinida ağdarilib ketgan.
Viloyat transport vaziri Norris Mulongoyining malum qilişiça, kemada yuklar bilan birga qariyb 100 kişi bölgan. Ularning 49 nafari qutqarilgan, qolgan yölovçilarni izlaş işlari davom etmoqda. Hodisaning aniq sababi hozirça malum qilinmagan.
Malumotlarga köra, Tanganika köli dunyodagi eng katta çuçuk suvli köl va çuqurligi böyiça Baykal kölidan keyin ikkinçi örinda turadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nigeriyaning Sokoto ştatida odamlar ortiqça yuklangan qayiq ağdarilişi oqibatida kamida 50 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.