USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

CNN jurnalistlari Tramp samolyotidan haydaldi

93 марта
CNN журналистлари Трамп самолётидан ҳайдалди

Oq uy CNN telekanali jurnalistlarining AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan Air Force One samolyotida safar qilişini taqiqladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, CNN telekanali 26 sentyabr kuni Tramp bilan birga Tennessi ştatiga kollejlar örtasidagi amerikança futbol öyinini tomoşa qiliş uçun boradigan Air Force One samolyotida uçişi rejalaştirilganini keça, 25 sentyabr kuni malum qilgan.

Biroq Oq uyning Trampning 26 sentyabrdagi rejalari böyiça jurnalistlarga yuborgan körsatmalarida CNN nomi keltirilmagan. Şu orqali mamuriyat telekanalning Prezident samolyotidagi safarini bekor qilganini tasdiqlagan. Bu voqea Tramp “soxta xabar tarqatuvçi OAV” deb ataydigan ommaviy axborot vositalari bilan mamuriyat örtasidagi ziddiyat kuçayganidan bir hafta ötib sodir bölgan.

CNN, MS Now va “Politico” jurnalistlari keça, 25 sentyabr kuni ertalab Oq uyga kirişga harakat qilgan, biroq ularga tuş paytiga qadar bino içiga kirişga ruxsat berilmagan.

Şundan bir neça soat ötib, CNN tahririyati va MS Now telekanali jurnalisti Xitoy rahbari Si Tszinpinning taşrifi munosabati bilan taşkil etilgan davlat keçasini yoritişdan ham çetlatilgan.

Avvalroq, Tramp CNN, MS Now va “Politico” telekanallarining Oq uydagi akkreditatsiyalarini bekor qilgan edi. U bunga prezidentligi haqida salbiy xabarlar tarqatilganini sabab qilib körsatgan.

“Ommaviy axborot vositalari doimiy ravişda TÖQIMA GAPLAR va YoLĞONLARNI yozişi yoki xabar qilişi mumkin emas”, deb yozgan Tramp öşanda Truth Social tarmoğida. 

U boşqa ommaviy axborot vositalariga nisbatan ham şunday çora körilişini bildirgan.

Oq uyning qarori prezidentlik matbuot puli jurnalistlarining keskin noroziligiga sabab bölgan. Ular norozilik sifatida Tramp faoliyatini videotasvirga olişni vaqtinça töxtatgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: