Kaspiydagi fojia: Qozoğiston mudofaa vaziri lavozimidan olindi
Qozoğiston Mudofaa vaziri Dauren Kosanov Kaspiy dengizida harbiy maşğulotlar vaqtida 14 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan fojiadan söng lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qozoğiston Prezidenti Administratsiyasining Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 27 sentyabr kuni Prezident Qosim-Jomart Töqayevning farmoni bilan Dauren Jumatayeviç Kosanov Qozoğiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgan.
Malumot uçun, Dauren Kosanov 2025 yilning 8 iyun kuni Qozoğiston Mudofaa vaziri etib tayinlangandi. Uşbu lavozimda u Ruslan Jaqsiliqovning örnini egallagan.
Manğistaudagi fojia
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.
Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini malum qildi.
Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan. Bundan taşqari hodisa ortidan mamlakat Mudofaa vazirligining 5 nafar mansabdor şaxsi qölga olingan.
Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi.
Malumotlarga köra, halok bölgan harbiylar röyxatida 2006 yilda Qoraqalpoğistonda tuğilgan Olmos Yusuf öğli Kobenov ham bor.