Kaspiydagi fojiada harbiylar qutqaruv jiletlari bilan taminlanmagan bölgan – Tökayev
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Tökayev Manğistau viloyatidagi maşğulotlar vaqtida 14 nafar harbiy halok bölganidan söng mamlakat Qurolli Kuçlarida keng qamrovli islohot ötkaziş zarurligini bildirdi. Bu haqda keça, 27 sentyabr kuni Qozoğiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tökayev mudofaa sohasi rahbariyati bilan yiğilişni Manğistau viloyatida halok bölgan harbiylar xotirasi uçun bir daqiqalik sukut bilan boşlagan. U marhumlarning ota-onalariga hamdardlik telegrammalarini yuborganini va ularning oilalari zarur yordam bilan taminlanişini bildirgan.
Prezident fojiaga keskin baho berib, tinçlik davrida harbiylarning halok bölişini ofitserlar, jumladan generallar tomonidan yöl qöyilgan “jinoiy mohiyatga ega kasbiy bölmagan yondaşuv” oqibati deb atagan.
U maşğulotlarning qanday rejalaştirilgani, ular zamonaviy tahdidlarga qançalik mos kelişi va General ştabning bu jarayondagi rolini aniqlaşni talab qilgan. Şuningdek, harbiy xizmatçilar zarur jihozlar, jumladan, dengizda qutqaruv jiletlari bilan taminlanmaganini malum qilgan.
“Heç qanday saboq ötgan fojialardan olinmagan. Masuliyatsizlik, beparvolik va közböyamaçilik odatiy holga aylangan. Tizimli iş yöq”, degan Tökayev.
Prezident topşiriği bilan Mudofaa vazirligida keng qamrovli tekşiruv boşlangan. Unda harbiy xizmatni taşkil etiş, armiyaning taminoti, moddiy va moliyaviy holati örganiladi. Tekşiruvga Boş vazir örinbosari emas, balki Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Aida Bolayeva rahbarlik qilmoqda.
Tökayev lavozim va harbiy unvonlar javobgarlikdan ozod qiliş uçun asos böla olmasligini takidlagan. Şuningdek, Prezident yangi Mudofaa vaziri Aydos Mirzaxmedovni taniştirgan va unga armiyani isloh qiliş böyiça keskin çoralar köriş vazifasini yuklagan.
“Harbiy sohada tub islohot ötkaziş vaqti keldi. Bu keçiktirib bölmaydigan vazifa”, degan Tökayev
Prezident Qozoğiston armiyasi “ötgan asrda qotib qolgani”ni takidlab, qömondonlik tizimini zamonaviy xalqaro tajriba asosida qayta quriş va armiyani raqamli transformatsiya qiliş zarurligini aytgan.
Tökayevning takidlaşiça, insonni texnologiya bilan almaştiriş mumkin bölgan sohalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş kerak. Şuningdek, byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş, maqsadsiz xarajatlar va özlaştirişlarga yöl qöymaslik talab etilgan.
Xavfsizlik kengaşi apparati va Mudofaa vazirligiga 10 kun içida harbiy islohot rejasini işlab çiqiş topşirilgan. Bildirilişiça, hujjat joriy yil oktyabr oyining ikkinçi yarmida Xavfsizlik kengaşi yiğilişida körib çiqiladi.
Tökayev qömondonlik lavozimlariga tayinlaşda şaxsiy sadoqat emas, tajriba va kasbiy salohiyat asosiy mezon bölişi kerakligini ham qayd etgan. Prezident armiyada har bir harbiy xizmatçining hayoti va xavfsizligi ustuvor vazifa bölişi şartligini aytgan.
Manğistaudagi fojia
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Manğistau viloyatida Qozoğiston Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari tomonidan öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik şaroitning keskin yomonlaşişi va şamolning kuçayişi sababli harbiy xizmatçilar dengizga oqib ketgan.
Mudofaa vazirligi dastlabki malumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatçi oqib ketganini bildirgan edi. Öşa paytda 9 nafar harbiy xizmatçining halok bölgani qayd etilgan. Keyinroq, Manğistau viloyati hokimligi dengizga oqib ketganlar soni 17 nafar ekanini malum qildi.
Harbiy xizmatçilar halok bölganidan söng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart Töqayev harbiy xizmatçilarning halok bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qiliş böyiça topşiriqlar bergan. Bundan taşqari hodisa ortidan mamlakat Mudofaa vazirligining 5 nafar mansabdor şaxsi qölga olingan.
Oqtovda Şahar kuni munosabati bilan ötkazilişi rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart Töqayev 25 sentyabr kunini Qozoğistonda umummilliy motam kuni deb elon qildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev fojia munosabati bilan Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi.