Yamanda husiylarga qarşi umumiy safarbarlik elon qilindi
Yaman Vakillar palatasi onlayn majlisda Yaman Prezidentlik kengaşi yetakçisi Raşad al-Alimi tomonidan husiylarga qarşi turiş uçun umumiy safarbarlik elon qiliş böyiça kiritilgan iltimosnomani maqulladi. Bu haqda SABA xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu çora elon qilingan vaqtdan etiboran kuçga kiradi va uni qabul qilişga sabab bölgan holatlar bartaraf etilguniga qadar amal qiladi. Kengaş bayonotiga köra, qaror umumiy safarbarlikni tartibga soluvçi Konstitutsiyaning 37-moddasiga, şuningdek milliy mudofaa, favqulodda çoralar va fuqaro muhofazasiga oid boşqa konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalarga asoslangan.
Kengaş, şuningdek, Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arab koalitsiyasini qöllab-quvvatlaşini tasdiqlagan hamda milliy birlikka va siyosiy kuçlar harakatlarini muvofiqlaştirişga çaqirgan.
Yaman yetakçisi 26 sentyabr kuni umumiy safarbarlikka çaqirib, hukumat husiylar nazoratidagi hududlar ustidan nazoratni qayta tiklaş niyatida ekanini malum qilgan. Al-Alimi, şuningdek, guruhni mintaqada va undan taşqarida nizoning yangi eskalatsiyasini keltirib çiqarganlikda ayblagan.
Malumot uçun, 2014 yilning sentyabr oyida isyonçi husiylar Yaman poytaxti Sano şahrini egallab olgan. Şundan söng, mamlakatda ikkita hokimiyat markazi şakllandi: xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumat asosan mamlakat janubi va şarqini, husiylar esa poytaxt Sano hamda şimol va ğarbning katta qismini nazorat qilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyi boşida “Ansorulloh” harakati mamlakat janubi-ğarbida hujum boşlagandi, 10–11 sentyabr kunlari esa Moxa port şahri va Bob al-Mandab böğoziga çiqiş yöliga ega bölgan hududlar ustidan nazorat örnatdi. Keyingi kunlarda hukumat kuçlari böğoz hududida bir qator qarşi hujumlarni amalga oşirdi. Husiylar esa Saudiya Arabistoniga hujumlarni davom ettirmoqda.