USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyaga yana 10 ming Şimoliy Koreya harbiysi yuborilişi mumkin – Zelenskiy

70 марта
Россияга яна 10 минг Шимолий Корея ҳарбийси юборилиши мумкин – Зеленский

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududida 8 mingdan ortiq Şimoliy Koreya harbiysi borligini va yana mamlakat 10 ming nafarni yuborişga tayyorgarlik körilayotganini aytdi. Bu haqda Zelenskiy keça, 28 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi postida malum qildi.

U Şimoliy Koreya harbiylarining Rossiyaga yuborilişi böyiça “yangi malumotlar” olinganini qayd etgan. Zelenskiyning aytişiça, uşbu harbiylar Rossiyaga yuborilişidan oldin tayyorgarlikdan ötiş uçun saralanmoqda.

Zelenskiyning yangi bayonoti Kiyev va Seul örtasida Şimoliy Koreyaning Ukrainada asirga olingan ikki harbiysi Janubiy Koreyaga topşirilgani haqidagi malumotlar ortidan yangragan.

Seul Zelenskiyning uşbu malumotni oşkor qilganidan afsus bildirgan. Janubiy Koreya tomoni harbiylarni topşiriş masalasini maxfiy saqlaş böyiça kelişuv bölganini takidlagan. Şuningdek, Seul Ukraina Prezidenti devonining bunday maxfiylik kelişuvi bölmagani haqidagi bayonotini yolğon deb atagan.

Ukraina va Janubiy Koreya hisob-kitoblariga köra, Şimoliy Koreya 2024 yildan beri Rossiyaning Ukrainadagi uruşida qöllab-quvvatlaş uçun taxminan 14–15 ming nafar harbiyini yuborgan. Ularning aksariyati Ukraina armiyasining hujumini qaytarişda yordam beriş uçun Kursk viloyatiga joylaştirilgan.

Şuningdek, Pxenyan Rossiyaga millionlab artilleriya va minomyot snaryadlari, ballistik raketalar, uzoq masofali artilleriya tizimlari hamda reaktiv zalpli öt oçiş tizimlarini yetkazib bergan.

Eslatib ötamiz, Ukraina Prezidenti joriy yilning avgust oyida Rossiyaga Rossiya tomonida jang qiliş uçun 50 ming nafargaça Şimoliy Koreya harbiysi yuborilişi mumkinligini aytgan edi. Şuningdek, u Janubiy Koreyani Ukrainaga havo mudofaasi sohasida yordam berişga çaqirgan.

Janubiy Koreya iyul oyida Ukrainaga 100 million dollarlik yordam paketi ajratişini elon qilgan. Biroq bu yordam tarkibiga ölimga olib keluvçi qurollar kiritilmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: