USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“The New York Times” menejeri otib öldirildi

120 марта
“The New York Times” менежери отиб ўлдирилди
AQŞning Kaliforniya ştatida “The New York Times” naşrining “Games” xizmati muhandislik direktori Jonatan MakKinsi otib öldirildi. Qotillikda uning rafiqasining ota-onasi gumonlanib, qölga olindi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 40 yoşli MakKinsi joriy yilning 26 sentyabr kuni San-Frantsisko şahri şarqidagi Dublin şahrida joylaşgan sport majmuasi avtoturargohida otib ketilgan. Hodisa vaqtida yaqin atrofda bölgan politsiya serjanti uni yerda yotgan holatda körgan. Guvohlar esa politsiyaga voqea joyi yaqinida bölgan er-xotinni körsatgan.

Politsiya 76 yoşli Şouyon Çjan va Şili Çenni qotillik hamda boşqa jinoyatlarda gumonlab hibsga olgan. Ular joriy yilning 30 sentyabr kuni sud qilinişi kutilmoqda.

Malumotlarga köra, qotillik MakKinsi va uning rafiqasi Kendis Jangning ajraşiş işi böyiça navbatdagi sud majlisiga bir hafta qolganida sodir bölgan. Er-xotin 2012 yilda turmuş qurgan va uç nafar yoş farzandi bor.

Bildirilişiça, Jang 2023 yilda turmuş örtoği ustidan politsiyaga murojaat qilib, uni farzandlaridan birini turtib yuboriş va bolalarga nisbatan qöpol jismoniy muomala qilişda ayblagan. 2025 yil oktyabr oyida esa MakKinsi bolaga nisbatan zöravonlikda ayblanib hibsga olinganidan söng, sud undan himoyalaniş uçun vaqtinçalik order çiqargan.

MakKinsi ham bunga javoban rafiqasiga nisbatan himoya orderi berilişini sörab sudga murojaat qilgan va ajraşiş uçun ariza bergan. Keyinçalik u uç nafar farzandi bilan köproq vaqt ötkaziş huquqini talab qilgan. Sud hujjatlarida uning ötgan yil kuzidan buyon haftasiga ikki soat nazorat ostida farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berilgani qayd etilgan.

MakKinsi 2023 yil yanvar oyida “The New York Times” naşriga işga kirgan va NYT Games xizmatida muhandislik direktori lavozimida işlagan. U San-Frantsisko körfazi hududida yaşagan. Hozirça qotillikning aniq sababi rasman malum qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Meksikaning Kulyakan şahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum döstlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtda nomalum qurolli şaxslar tomonidan otib öldirilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: