Bryanskda dronlar hujumi oqibatida kollej öquvçilari jarohatlandi
Bugun, 30 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning Bryansk viloyati Trubçevsk şahriga Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan uyuştirilgani aytilayotgan dronlar orqali hujum qilinişi oqibatida 12 kişi jarohatlandi. Jabrlanganlar orasida politexnika texnikumining 9 nafar öquvçisi ham bor. Bu haqda Rossiya Prezidenti huzuridagi Bola huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belova malum qildi.
Uning sözlariga köra, jabrlanganlarning 7 nafari voyaga yetmagan. Ulardan biri oğir ahvolda. Qolganlarida öq parçalaridan jarohatlaniş va barotravma aniqlangan.
“Yigitlardan biri oğir ahvolda. Boşqalarida öq parçalaridan jarohatlaniş va barotravmalar aniqlangan”, degan u.
Lvova-Belova Bryansk viloyatining Bola huquqlari böyiça vakili Inna Muxina bilan doimiy aloqada ekanini ham bildirgan.
Trubçevskdagi hujum yuzasidan viloyat gubernatori Yegor Kovalçuk zarba tinç aholiga berilganini aytgan. Qayd etilişiça, viloyat prokuraturasi jabrlanganlarga yordam körsatilişini nazorat qilmoqda.
Eslatib ötamiz, Rossiya qöşinlari bugun, 30 sentyabrga ötar keçasi Kiyevdagi “De Novo” malumotlarni qayta işlaş markaziga zarba bergandi. Şaharga uyuştirilgan raketa va dronlar hujumi oqibatida 2 kişi halok bölib, 5 kişi jarohatlangan.