USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Suriyada yölovçi avtobusi öqqa tutildi. Qurbonlar bor

58 марта
Сурияда йўловчи автобуси ўққа тутилди. Қурбонлар бор

Suriyaning ğarbiy qismida kiçik yölovçi avtobusiga qurolli hujum uyuştirilişi oqibatida kamida 7 kişi halok böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hujum keça, 30 sentyabr kuni keçqurun Suriyaning Xoms viloyatidagi Myasof köprigi yaqinida sodir bölgan. Oqibatda kamida 7 kişi halok bölgan, yana 4 kişi jarohatlangan. Ular iş kunidan söng uyiga qaytayotgan kompaniya xodimlari bölgan.

Hujumning sababi hozirça malum emas. Şuningdek, voqea uçun javobgarlikni heç bir guruh öz zimmasiga olmagan. Suriya rasmiylari gumonlanuvçilar yoki hujum ortida turgan guruh nomini ham oşkor qilmagan. Qutqaruvçilar jabrlanganlarni Xoms şahridagi şifoxonalarga olib borgan. Xavfsizlik kuçlari esa voqea joyida tergov işlarini boşlagan.

Malumotlarga köra, Suriya hukumati 13 yildan ortiq davom etgan uruş va 2024 yil oxirida Başar Asad hokimiyatining ağdarilişidan söng mamlakatda xavfsizlikni taminlaşda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Rasmiylar bir qator rejalaştirilgan hujumlar va qurolli guruhlar faoliyatining oldini olganini bildirgan bölsa-da, Damaşq va mamlakatning boşqa hududlarida qurbonlarga olib kelgan otişma hamda portlaşlar sodir bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada şahri yaqinida qurol-yaroğ va uruşdan qolgan portlovçi vositalar vaqtinça saqlanadigan omborda portlaş sodir bölib, kamida 14 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: