Flydubai kapitani öziga keldi va samolyotda nimalar bölganini oçiqladi
Samolyotni egallab olişga uriniş paytida oğir jarohat olgan Flydubai kapitani Smit Maççhar sodir bölgan voqea haqida ilk bor sözlab berdi. Uning sözlarini CNN keltirdi.
Maççharning sözlariga köra, jarohatlariga qaramay, u ikkinçi pilotga qarşilik körsatişda davom etgan, çunki aks holda bortdagi barça odamlar halok bölişi mumkinligini tuşunib yetgan.
Hodisa 30 sentyabr kuni Tel-Avivga yöl olgan FZ 1073 reysida sodir bölgandi. Ikkinçi pilot kabinada Maççharga hujum qilgan. Samolyot boşqaruvni yöqota boşlagan, biroq bir neça yölovçi kabinaga yorib kirişga va hujumçini zararsizlantirişga muvaffaq bölgan. Boşqaruvni bortda bölgan boşqa pilotlar öz zimmasiga olgan, şundan söng samolyot Saudiya Arabistoniga favqulodda qönişni amalga oşirgan.
“Öşa paytda men öz hayotim uçun kuraşayotgan edim. Juda oğir jarohat olganimdan yiqilib tuşdim. Xayolimdan: agar qaytib oyoqqa tura olmasam-çi? degan fikr ötdi”, deydi Maççhar Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bilan videomuloqot çoğida.
Uçuvçining sözlariga köra, u 17 yildan beri parvoz qiladi, şundan 11 yilida havo kemasi komandiri bölib işlamoqda.
“Hatto közlarim yumiq bölsa ham, samolyotimda nima yuz berayotganini aniq bilaman”, deydi uçuvçi.
Şu sababli, kabina polida yotganida, u samolyot qulayotganini tuşunib yetgan.
“Polda yotganimda samolyot pastga şönğiyotganini his qildim. Buning nima bilan yakunlanişini aniq tuşunib turardim. Eşik juda yaqin edi. Meni kaltaklaşda davom etişayotganiga qaramay, şunçaki eşikni oçdim. Şunda içkariga boşqalar kirib kelişdi. Voqeada ularning roli menikidan kam bölmadi. Ha, men buni öz hayotimni saqlab qoliş uçun qildim. Lekin ayni paytda bunça odamning halok bölişiga yöl qöya olmasligimni ham tuşunardim. Uşbu hodisadan söng bu yerdagi odamlar... Menga şunday yordam va tibbiy kömak körsatişdiki, bundan ortiğini tasavvur ham qilib bölmaydi”, deydi Maççhar.
U köp miqdorda qon yöqotgan va oğir jarohatlar olgan. Dastlab unga Saudiya Arabistonida yordam körsatilgan, söngra Abu-Dabidagi şifoxonaga ötkazilgan va u yerda davolanişni davom ettirmoqda.
Gumonlanuvçi ikkinçi pilot ham Saudiya Arabistonidan BAAga ötkazilgan. U yerda unga nisbatan terrorizm moddasi böyiça tergov olib borilmoqda. BAA Prezidentining diplomatik masalalar böyiça maslahatçisi Anvar Gargaş sodir bölgan voqeani “xavfli terrorçilik harakati” deb atagan.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning sözlariga köra, gumonlanuvçi Ummon fuqarosi. Ummon va Isroil örtasida rasmiy diplomatik munosabatlar mavjud emas va u Isroilga reys bajariş uçun qanday qilib ruxsatnoma olgani hozirça nomalum.
Ikkinçi pilotning şaxsi rasmiylar tomonidan hozirça oşkor qilinmagan. Uning motivi va hujum paytida qöllagan quroli ham rasman aniqlanmagan. Netanyaxu hujumçi piçoq yoki bolta işlatgan bölişi mumkinligini taxmin qildi.
Flydubai samolyoti bortidagi favqulodda hodisa
Isroil Harbiy-havo kuçlari qiruvçi samolyotlari havo kemasi tomon havoga kötarilgan edi. Keyinçalik havo kemasi Saudiya Arabistoniga qöngani malum böldi. Buning ortidan Flydubai aviakompaniyasi Isroil televideniyesiga “Dubay—Tel-Aviv” reysidagi uçuvçilar örtasida bortda muştalaşuv sodir bölganini xabar qildi.
Tez orada samolyot içidan olingan dastlabki foto va videolar paydo böldi. Suratda, taxminlarga köra, hujumçi bilan olişgan yölovçi tasvirlangan. Hukumat esa uçuvçilardan biri samolyotni qasddan qulatişga uringan bölişi mumkinligi haqidagi versiyani tekşirmoqda. Uning harakatlariga ikkinçi uçuvçi va u bilan olişuvga kirişib, falokatning oldini olgan isroillik yölovçilar çek qöygan deb taxmin qilinmoqda.
Şuningdek, samolyot uçuvçilarining fuqaroligi böyiça yana bir versiya yangradi. Rossiya va Ukraina fuqaroligi haqidagi versiyadan söng, uçuvçilar Ummon va BAA fuqaroligiga ega ekani haqida malumotlar paydo böldi. Keyinçalik uçuvçilardan biri hujumdan söng piçoq jarohatlari oqibatida vafot etgan bölişi mumkinligi haqida malumot tarqaldi.
Ommaviy axborot vositalarida Ukraina va Rossiyadan bölgan uçuvçilar yölovçi sifatida uçib ketayotgani va Flydubai samolyoti boşqaruvini öz qöllariga olişgani haqida ham xabar berilgan edi. Keyinçalik Flydubai samolyoti bortida hamkasbining hujumidan jarohat olgan uçuvçi Hindiston fuqarosi Smit Maççxar ekani malum böldi.