USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Fidoyilik” kompaniyasi

26 марта
“Фидойилик” компанияси

Eron yangi uruşga tayyorlanmoqda, eronliklar ham

“Janfada” – uşbu söz fors tilidan töğridan-töğri tarjima qilinganda “Özini bağişlaş” yoki “Vatan uçun jon beriş” degan manolarni anglatadi. Uruş davrida Eronni himoya qiliş uçun davlat tomonidan uyuştirilgan ijtimoiy safarbarlik harakati ham aynan şunday nomga ega. AQŞ va Isroilga qarşi amalda harbiy faoliyat yuritmayotgan, dehqon, sotuvçi, haydovçi yoki şifokor kabi oddiy eronlik fuqarolar ham bugun öz yurti uçun ğanimga qarşi kuraşga otlanmoqda va tom manoda, ular bu yölda öz jonlaridan keçişga ham tayyor.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni “Xomanaiyga labbay” şiori ostida ommaviy harbiy maşğulotlar bölib ötgan. Maqsad – xalqning amaldagi hukumatni qöllab-quvvatlaşini va yurtini ğanimlardan himoya qilişga tayyorligini körsatiş. Ammo bunday ommaviy “şou”lar faqat taşqi kuçlarni qörqitib qöyiş uçungina emas, balki ularning ortida yana bazi maqsadlar yaşirilgan. Xöş, bu qanday maqsad? Eron nimadan çöçimoqda? Uşbu maqolada şu kabi savollarga javob topişga urinib köramiz.

“Janfada”

Eron hukumati AQŞga işonmay qöyganiga ança bölgan. Isroil bilan esa duşmanlik munosabati haqida gapirmasa ham böladi. Bugun çöği sovib qolganday tuyulayotgan Yaqin Şarqdagi uruş alangasi hali töliq sönmaganini, yana gurkirab yonişi mumkinligini Tehron juda yaxşi biladi.

Aynan şu tufayli endi yordamga oddiy fuqarolar ham safarbar etilmoqda. Ayollar qurol işlatişni, dron boşqarişni va şahar janglari taktikasini örganmoqda, ösmirlar harbiy ruhdagi tadbirlarga jalb qilinmoqda. Hukumat esa mamlakat böylab millionlab odamlar birlaşayotganini, ğanimga qarşi qurol kötarişga oşiqişayotganini takrorlaşdan tolgani yöq. Ammo “Janfada” deb nomlangan bu kampaniya ortida ançagina katta maqsadlar yaşirilgan.

2026 yil mart oyi oxirida, AQŞ va Isroil bilan uruş avjiga çiqqan paytda boşlangan harakat sentyabr oyiga kelib ommaviy namoyişlar va harbiy maşğulotlar bilan közga taşlana boşlagan edi. Öşanda minglab odamlar köçaga çiqqan va butun dunyo eronliklarning bu uruşda mafkuraviy jihatdan yengilmasligini tuşunib yetgandi.

Şu yilning 25 oktyabr kuni esa Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) kampaniyani butun mamlakat böylab kengaytiriş rejasini elon qildi. Rejaga köra, Eronning 31 ta viloyati markazidagi asosiy maydonlardan köngillilarni tayyorlaş va safarbar etiş uçun foydalaniş közda tutilgan. Tehron, Isfahon, Zanjon, Şeroz, Kirmon, Maşhad, Böjnurd, Ahvoz – barça katta-kiçik şaharlarda ommaviy maşğulotlar boşlanib, köngillilar jalb etilgan. Safarbarlik kampaniyasi doirasidagi maşğulotlarni IIQK tarkibidagi Basij köngillilar tuzilmasi va boşqa davlat idoralari amalga oşirmoqda.

Kampaniyaning dastlabki yirik ommaviy harbiy namoyişi 2026 yil 18 sentyabr kuni Tehronda ötkazilgandi. Unda minglab erkaklar, ayollar va bolalar qatnaşdi. Tadbirdan oldin rasmiylar 313 ming kişi iştirok etişini bildirgan bölsa-da, davlat televideniyesi namoyiş etgan tasvirlarni kuzatgan mutaxassislar amaldagi raqamlar ança kam bölganini taxmin qilişmoqda. Şia islomiy ananalarida 313 soni oxirzamon oldidan Mahdiy qaytganida unga hamroh böladigan asosiy safdoşlar soni bilan boğlanadi. Bu esa, öz navbatida, raqamning tanlanişi kampaniyaning diniy-mafkuraviy mazmunini ham körsatişini anglatadi.

Ayollarni jalb qiliş esa alohida yönalişga aylangan. 29 sentyabr kuni Eronning birinçi maxsus ayollar harbiy tayyorgarlik kursi haqida xabarlar tarqaldi. 4 oktyabrda Tehronda ötkazilgan maşğulotlarda ayollar öqotar qurollardan foydalaniş, dron boşqariş va şahar şaroitidagi jangovar harakatlarga tayyorlanayotgani aks etdi. Ayrim iştirokçilar past uçuvçi samolyotlar va dronlarga qarşi möljallangan “Misoğ” yelkadan uçiriladigan zenit-raketa tizimi bilan ham maşq qilgan.

Kampaniya vakili Sasan Zare esa dastlabki 1 000 ta qarşilik bataloni uçun röyxatdan ötiş boşlanganidan keyin 100 daqiqa içida 500 mingdan ortiq ayol murojaat qilganini davo qilgan.

Eng etiborli jihatlardan biri – bolalar va ösmirlarning ham kampaniyaga jalb etilayotgani. Al Jazeera naşri malumotlariga köra, Eron talim vaziri Alirizo Kazemiy maktab öquvçilari orasida “Janfada” köngillilarini röyxatga oliş boşlanganini malum qilgan. Harakat vakili 15 yoşdan katta öğil bolalar röyxatdan ötişi mumkinligini, 15 yoşga tölmaganlarni ham jalb qiliş rejalari borligini aytgan.

Zarening izohiga köra, maqsad bolalikdan “fidoyilik va qarşilik madaniyati”ni şakllantiriş, vatanparvarlikni yoşlarning qadriyatlariga singdirişdir.

“Ularning qadriyatlar tizimi bolalikdan qançalik kuçli şakllansa va ular vatanparvarlik va fidoyilik kabi tuşunçalar bilan qançalik köp tanişsalar, bu ularning kelajagiga şunçalik sezilarli tasir körsatişi mumkin”, deydi u.

Demak, kampaniya faqat ehtimoliy uruş uçun zaxira kuç tayyorlaş emas, balki kelajak avlodning siyosiy va mafkuraviy qaraşlariga tasir körsatiş vazifasini ham bajarmoqda.

Eron rasmiylari kampaniyada röyxatdan ötganlar soni 33 millionga yetganini bildirmoqda. Bu mamlakat aholisining uçdan biridan köproğini anglatadi. Biroq bu raqam yuzasidan jiddiy savollar mavjud. Malumotlarga köra, xorijda faoliyat yurituvçi faollar kampaniya sayti kodlarini buzib kirib, röyxatdan ötganlar soni tört millionga ham yetmaganini aniqlagan. Eron hukumati esa 33 million haqidagi davosini tasdiqlovçi batafsil hujjatlarni taqdim etmagan.

Bundan taşqari, kampaniya faqat qurolli tayyorgarlikdan iborat emas. Taşkilotçilar röyxatdan ötganlarning 26 foizi harbiy va xavfsizlik yönalişini tanlaganini, qolganlari esa qutqaruv işlari, ijtimoiy xizmatlar, media va moliyaviy kömak kabi sohalarda yordam berişga tayyorligini bildirgan. Iştirokçilar birinçi yordam körsatiş,

“Janfada”ning asl siyosiy maqsadi nima?

“Janfada” atrofida tarqalayotgan şov-şuvlar, unda iştirok etiş istagini bildirgan insonlar sonini körib, Eron bunça harbiyni nima qiladi, deb öylab qoladi kişi. Ayollar-u bolalarning hammasini frontga jönatadimi? Jönatmoqçi bölsa ham, qaysi frontga? Şunça piyoda askarni Tehron nima qiladi? Eronning geografik joylaşuvi tufayli unga quruqlik orqali hujum uyuştiriş imkoni yöq. Şunday ekan, bunday tantanavor “şou”lar orqali şovqin kötarişdan Eronning maqsadi nima?

“Özini fido qiliş” kampaniyasi zamirida bir neçta maqsad közlangan bölib, ularni tuşuniş uçun biroz ortga – şu yilning mart-aprel oylarida mamlakat böylab keng tarqalgan namoyişlarga nazar taşlaş lozim. AQŞ va Isroil koalitsiyasining hujumlari endi boşlangan kezlarda amaldagi mamuriyat va mavjud iqtisodiy hayotdan norozilik tufayli avj olgan xalq namoyişlari Tehrondagi hukumatni ança qiynab qöygan edi. Bir amallab qözğolonlarni bostirib olgan davlat rahbarlariga bunday zarbalarning takrorlanişini oldini oliş uçun xalqni yangiça nazorat qiliş mexanizmi kerak edi. Aynan mana şu vazifani “Janfada” nomli ommaviy safarbarlik harakati yaxşigina eplaşi mumkin edi.

Jorjtaun universitetining Qatardagi kampusida faoliyat yurituvçi siyosatşunos Mehran Kamrava ham safarbarlik amaldagi hokimiyat tarafdorlarining tizimga sadoqatini yanada mustahkamlaşi mumkinligini takidlaydi.

“Inqiloblar velosipedda yurişga öxşaydi. Yiqilişdan qoçiş uçun siz pedallarni qattiq bosişingiz kerak. “Janfada”lar va ularning rahbarlari ham aynan şuni qilişga harakat qilmoqdalar – öz ahamiyatini saqlab qoliş uçun”, degan u.

Demak, Eronni qayerlardandir bostirib kelişi mumkin bölgan AQŞ yoki Isroil qöşinlarigina emas, balki mamlakat içidagi ijtimoiy norozilik ham taşvişga solmoqda. Amaldagi hukumat hokimiyatni özida saqlab qoliş uçun ommaviy safarbarlik, nazorat va içki propaganda mexanizmlarini yölga qöyişga urinmoqda.

Şuningdek, Eron yuqorida eslab ötilgan namoyişlar taşqi kuçlar tomonidan uyuştirilganini takidlab keladi. “Janfada” esa norozilik kayfiyatining yoyilişiga yöl qöymaslik mexanizmiga aylanişi mumkin. Olimning fikriça, bunday namoyişlar butun jamiyatning hukumatni qöllab-quvvatlaşini anglatmaydi, ammo inqilob mafkurasiga sodiq guruhlar orasida birlik va taşqi tahdid qurşovida qolganlik hissini kuçaytiradi.

Fors körfazi davlatlari instituti katta ilmiy xodimi Ali Alfoneh Al Jazeera bilan suhbatda “Janfada”ni Basijning jamoatçilik oldidagi qiyofasini yangilaşga qaratilgan uriniş sifatida ham baholagan. Uning fikriça, taşkilot ilgari Eronni taşqi tajovuzdan himoya qiliş bilan boğlangan bölsa, keyinçalik içki noroziliklarni bostirişdagi roli sababli obrösiga putur yetgan. Endilikda hukumat uni yana vatanparvarlik va milliy mudofaa timsoli sifatida körsatişga urinmoqda.

25 oktyabrda elon qilingan yangi rejalar uşbu siyosatning navbatdagi bosqiçini körsatmoqda: Tehronning kamida 14 ta asosiy maydonida, şuningdek, har bir viloyat markazidagi maydonlarda köngillilarni tayyorlaş va jihozlaş punktlarini taşkil etiş közda tutilgan. Bunday punktlarda ayrim joylarda öqotar qurollarni öqlaş, tayyorlaş va nişonga oliş böyiça maşqlar ötkazilayotgani haqida ham xabarlar bor.

Qisqa qilib aytganda, Eron katta maqsadlar yölida keng kölamli tadbirni boşlagan. Mamlakat içida tartibni saqlaş, hukumat tarafdorlarining birdamligini mustahkamlaş va taşqi duşmanlarga qarşilik körsatişga tayyorlikni namoyiş etiş kabi maqsadlar yölida “Janfada” nomi ostida ommaviy safarbarlik kampaniyasi olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: