USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲ USD: 12,066 söm ▲ EUR: 13,444 söm ▲ RUB: 150 söm ▲ GBP: 16,076 söm ▲ CNY: 1,811 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 242 söm ▲ AED: 3,285 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eron uruşiga 47,1 mlrd dollar sarfladi

9 марта
АҚШ Эрон урушига 47,1 млрд доллар сарфлади

AQŞning Eron bilan uruşiga ketgan xarajatlar 2026 yil 16 oktyabr holatiga köra, kamida 47,1 milliard dollarni taşkil etdi. Bu haqda Pentagon Kongressga malum qildi.

Mazkur mablağning asosiy qismi – 29 milliard dollar uruş davomida sarflangan bomba, öq-dori va boşqa harbiy zaxiralarni qayta töldirişga yönaltirilgan. Şuningdek, AQŞ Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi va bombardimonçi samolyotlari amaliyotlariga 7,6 milliard dollar, Harbiy-dengiz kuçlari kemalari va avianosetslariga 1,5 milliard dollar sarflangan.

Yaqin Şarqdagi quruqlik qöşinlarini saqlaş xarajatlari 2,1 milliard dollarni taşkil etgan. Zarar körgan samolyotlar va qurollarni almaştiriş uçun 6,1 milliard dollar, maxsus kuçlarni taşiş va logistika işlariga 645 million dollar ajratilgan. Tibbiy yordam xarajatlari esa 24,5 million dollarga yetgan.

Şu bilan birga, uşbu hisob-kitobga Yaqin Şarqda zarar körgan AQŞ harbiy bazalarini tamirlaş, şuningdek, kemalar va samolyotlar uçun yoqilği xarajatlari kiritilmagan.

Rasmiy malumotlarga köra, uruşda 18 nafar amerikalik harbiy halok bölgan, 865 nafari jarohatlangan. Biroq “Vaşington post” manbalari halok bölgan harbiylar soni kamida 22 nafar ekanini bildirgan.

Eslatib ötamiz, iyul oyida AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset uruş xarajatlarini 37,5 milliard dollar deb baholagan edi. Kongressning Byudjet boşqarmasi hisob-kitoblariga köra, harbiy harakatlar davom etgan taqdirda, AQŞ har oy qöşimça 2–3 milliard dollar sarflaşi mumkin.

Uruşning iqtisodiy oqibatlari ham sezilmoqda. Eron tomonidan Hormuz böğozining yopilişi jahon neft va gaz taminoti zanjiriga tasir körsatdi. Bu esa AQŞda yoqilği narxining oşişiga sabab böldi.

28 oktyabr holatiga köra, mamlakatda dizel yonilğisining örtaça narxi bir gallon uçun 6,35 dollarni taşkil etgan. Bir yil avval bu körsatkiç 3,75 dollar edi. Yoqilği qimmatlaşişi qişloq xöjaligi, transport va oziq-ovqat mahsulotlari narxiga ham bosim ötkazmoqda.

AQŞda 3 noyabr kuni bölib ötadigan Kongress saylovlari oldidan uruş xarajatlari va yaşaş qiymatining oşişi asosiy siyosiy mavzulardan biriga aylangan. Demokratik partiyaning beş nafar senatori Pentagondan uruşga sarflangan haqiqiy xarajatlarni oşkor qilişni talab qilgan. Senatdagi demokratik ozçilik yetakçisi Çak Şumer ham Tramp mamuriyatini uruşning iqtisodiy oqibatlari uçun tanqid qilgan.

“RealKlearPolling”ning 29 oktyabr holatiga köra ötkazgan sörovlari örtaça natijasida Demokratik partiya 51,4 foiz, Respublikaçilar partiyasi esa 43,2 foiz qöllab-quvvatlovga ega bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: