USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kongoda jangarilar qişloqni yoqib yubordi. Qurbonlar bor

56 марта

Joriy yilning 5 noyabr kuni Kongo Demokratik Respublikasining şarqidagi qişloqqa uyuştirilgan qurolli hujum oqibatida kamida 33 kişi halok böldi, 50 dan ortiq uy yoqib yuborildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Malum qilinişiça, hujum mamlakatning Şimoliy Kivu provintsiyasidagi Kantine qişloğida tunda sodir bölgan. Mahalliy fuqarolik jamiyati taşkiloti rahbari Jastin Palukuning aytişiça, hozirgaça 33 kişining jasadi topilgan. Jangarilar uylarni talon-toroj qilgan va yoqib yuborgan.

 

Hujum oqibatida köplab aholi viloyatning boşqa hududlariga qoçişga majbur bölgan. Ular orasida mahalliy şifoxonada davolanayotgan 180 nafar bemor ham bor. Kelekele şifoxonasi tibbiy direktori Kristian Kakulening malum qilişiça, ular orasida Ebola kasalligiga çalinganlikda gumon qilingan bemorlar va kasallik tasdiqlangan bir kişi ham bölgan.

Uning sözlariga köra, şifoxonadan atigi 50 metr uzoqlikda öq ovozlari eşitilgan va uylar yonib ketgan. Tibbiyot xodimlari bemorlarning qoçib ketişi kasallikning yanada tarqalişiga sabab bölişidan xavotirda.

Qayd etilişiça, Şimoliy Kivu provintsiyasi Bundibugyo virusi sabab yuzaga kelgan Ebola epidemiyasining asosiy öçoqlaridan biriga aylangan. Hududdagi qurolli töqnaşuvlar kasallikka qarşi kuraşiş va bemorlarga yordam körsatiş işlarini qiyinlaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sudan va Janubiy Sudan çegarasidagi bahsli Abey hududida joylaşgan bozorga dronlar bilan hujum qilinişi oqibatida kamida 153 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: