Kimlar köproq va tinçroq uxlaydi? Olimlar javobini aytdi
Ijtimoiy va iqtisodiy şaroiti yaxşi bölgan odamlar boşqalarga qaraganda uzoqroq va yaşiroq uxlaydi. Bu haqdagi tadqiqot “JAMA Network Open” jurnalida elon qilindi.
Olimlar AQŞdagi “All of Us” milliy tadqiqot dasturida qatnaşgan 12 403 nafar odamning malumotlarini tahlil qilgan. Iştirokçilar kamida 180 kun davomida fitnes-bilaguzuk taqib yurgan va yaşaş şaroitlari haqida sörovnomani töldirgan.
Tadqiqotda odamlarning iqtisodiy ahvoli, ijtimoiy muhiti, yaşaş joyidagi şaroitlar hamda tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlari hisobga olingan.
Natijalarga köra, yaşaş şaroiti eng yaxşi bölgan iştirokçilar şaroiti eng oğir guruhdagilarga qaraganda bir keçada örtaça 5,8 daqiqa köproq uxlagan. Şuningdek, ularda uyqu davomiyligi bir keçadan boşqasiga kamroq özgargan. Bu farq 4,8 daqiqani taşkil etgan.
Uyquga eng katta tasir körsatgan omil iqtisodiy barqarorlik bölgan. Oziq-ovqat va uy-joy bilan boğliq muammolarga duç kelmagan odamlar bu ikki muammoga bir vaqtning özida duç kelganlarga qaraganda örtaça 10,7 daqiqa köproq uxlagan. Ularning uyqu davomiyligi ham barqarorroq bölgan – bu boradagi farq 8,7 daqiqani taşkil etgan.
Tadqiqotçilar qulay şaroitlarda yaşaydigan odamlar, odatda, bir sutkada kamida olti soat uxlaşini aniqlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar yoş ötgan sari xotiraning yomonlaşib borişi şunçaki unutuvçanlik tufayli emas, balki miya alohida voqealarni aniq “qayta jonlantirişni” töxtatib, ularni bir-birini qoplaydigan umumiy kategoriyalarga aralaştirib yuborişi sababli yuz berişini aniqlagan edi.