Uruşga tayyorgarlik: Germaniya fuqarolik mudofaasi va bomba boşpanalarga 10 mlrd yevro sarflaydi
8-09-2025, 21:11
136 марта

Uruşga tayyorgarlik: Germaniya fuqarolik mudofaasi va bomba boşpanalarga 10 mlrd yevro sarflaydi
Germaniya 2029-yilgaça fuqarolik mudofaasi va bomba boşpanalarini qayta tiklaş uçun 10 milliard yevro sarflaydi. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt malum qildi.
Mablağ tabiiy ofatlar, harbiy mojarolar va boşqa inqirozlardaaholiga xavfsizlikni taminlaşga yönaltiriladi. Asosiy qism bombapanoh va himoya inşootlarini qayta tiklaşga sarflanadi. Hozirda Germaniyada bor-yöği 579 ta bomba pahon mavjud bölib, ular 80 milliondan ortiq aholiga ega mamlakatda atigi 500 ming kişini siğdira oladi.
Dastur doirasida zamonaviy ogohlantiriş tizimlari — sirenlardan tortib mobil telefonlarga yuboriladigan raqamli xabarnomalargaça — joriy etiladi. Şuningdek, öt öçiruvçilar, şifokorlar, qutqaruvçilar va mobil boşqaruv punktlari uçun 1500 dona texnika xarid qilinadi. Mablağ Germaniya texnik yordam federal agentligi (THW), Bundesver va fuqarolik mudofaasi taşkilotlari iştirokidagi maşğulotlarga ham yönaltiriladi.
Dobrindtning sözlariga köra, xalqaro inqirozlar, ekstremistik tahdidlar va gibrid hujumlar sonining ortişi Germaniya aholisini himoya qiliş uçunqöşimça çoralarni talab qilmoqda. Germaniya fuqarolik himoyasi federal agentligi rahbari Ralf Tisler iyun oyida mamlakat Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik köriş uçun bombapanoh va boşpanalar tarmoğini kengaytirişini aytgandi.
"Uzoq vaqt davomida Germaniyada uruş biz tayyorgarlik körişimiz kerak bölgan stsenariy emas, degan fikr keng tarqalgan edi. Endi bu özgardi. Biz Yevropada katta miqyosdagi tajovuzkor uruş xavfi borligidan xavotirdamiz”, degan edi u.