USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yonilği tanqisligi sabab Ğazoning eng yirik şifoxonalaridan biri öz faoliyatini töxtatdi

86 марта

Yonilği tanqisligi sabab Ğazoning eng yirik şifoxonalaridan biri öz faoliyatini töxtatdi

HAMAS va Isroil örtasida tuzilgan oktyabr oyidagi sulhga qaramay, yahudiy davlati anklav uçun kerak bölgan yonilğining atigi 10 foizini kiritişga ruxsat bergan. Natijada taqçillik sabab Ğazo şifoxonalaridan biri öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgan. Gap anklav markazidagi Al-Avda şifoxonasi haqida ketmoqda. 


Kasalxona direktori Ahmad Muhanna bu haqda Al-Jazira telekanaliga malum qilar ekan, bu u va hamkasblari uçun oğir qaror bölganini aytdi. Muhanna, şuningdek, soğliqni saqlaş muassasalarini yonilğidan mahrum qiliş minglab falastinliklar hayotini xavf ostiga qöyişini qöşimça qildi.
Al-Avda şifoxonasi bir neça bor Isroil hujumlari markazida bölgan
Foto:  Qatar news agency
Al-Avda şifoxonasi Nusayrat qoçqinlar lagerida joylaşgan bölib, asosan tuğruqxona sifatida xizmat qiladi. Qolaversa, suniy hosil qilingan oçarçilik sabab aziyat çekkan önlab bolalar ham aynan şu yerda parvarişlanmoqda. Muhannaning sözlariga köra, imkoniyatlar torayib ketgani bois kamida 30 nafar bola boşqa şifoxonalarga köçiriladi.
“Agar tibbiy xizmatlar töliq töxtasa, haqiqiy inqiroz yuz beradi”, dedi şifoxona rahbari xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan aralaşişga çaqirar ekan.

​Yonilği qamali
Isroil Ğazoga kiritiladigan gumanitar yuklar turi va hajmini nazorat qiladi. Ğazo şifoxonalari uçun favqulodda muhim bölgan yonilği ham bundan mustasno emas. Uning çeklangan miqdorda kiritilişi butun anklav böylab tasir körsatmoqda. Natijada elektr energiyasi uçun generatorlardan foydalanadigan soğliqni saqlaş muassasalari işida uzilişlar kuzatilyapti.
Ğazoga yonilği olib kirgan tanker
Foto: Anadolu agentligi
Ikki yil davom etgan mojaro vaqti Isroil yonilği va boşqa zarur mahsulotlarning anklavga kiritilişini keskin çekladi. Oktyabr oyidagi sulh bitimiga köra, yahudiy davlati Ğazoga gumanitar yordam ortilgan 600 ta yuk maşinasi, jumladan 50 ta yonilği tankerlarini kiritişi kerak edi. Biroq Ğazo hukumati media idorasi malumotiga köra, isroilliklar kelişilgan miqdorning atigi 10 foiziga ruxsat bergan.
“Şifoxonalar, nonvoyxonalar, suv va oqova tizimlari deyarli falaj holatda, bu esa tinç aholining azob-uqubatini yanada kuçaytirmoqda”, deyiladi bayonotda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: