Rossiyaga rekord miqdorda Hindiston va Bangladeşdan migrantlar keldi
23-01-2026, 14:07
481 марта

Rossiyaga rekord miqdorda Hindiston va Bangladeşdan migrantlar keldi
2025 yilda Rossiya hukumatining Hindiston va Bangladeş fuqarolariga iş faoliyati uçun bergan ruxsatnomalari sönggi töqqiz yil içidagi rekord darajaga yetdi. Bu haqdagi malumotlar Içki işlar vazirligi statistikasida keltirilgan.Unga köra, iş faoliyatini amalga oşiriş maqsadida Rossiyaga 56,5 ming hindistonlik taklif qilingan, bu 2024 yilgi 36,2 ming kişiga nisbatan ança köp. Bangladeşdan esa işga kelganlar soni 9,3 ming kişini taşkil etdi, bu 2024 yilgi 2,8 ming kişiga nisbatan rekord körsatkiçdir. Ikkala körsatkiç ham kamida 2017 yildan beri eng yuqori natija bölgan.
Bundan taşqari, Turkmaniston fuqarolariga berilgan iş ruxsatnomalari 2,5 barobarga oşib, 25 ming kişini taşkil etgan. Özbekiston fuqarolari uçun ruxsatnomalar soni 5 barobar köpayib, 2,3 mingga yetgan. Tojikiston fuqarolari uçun ruxsatnomalar soni 3 barobar oşib, 263 kişini taşkil etgan. Xitoy fuqarolariga berilgan ruxsatnomalar soni taxminan 50 foizga köpayib, 92 mingga yetgan.
Şu bilan 2025 yilda Rossiyada çet elliklar uçun berilgan iş ruxsatnomalari jami 240 mingga yetgan, bu 2017 yildan beri rekord natija böldi. Yil davomida bu körsatkiç taxminan 42 foizga oşgan.
2026 yilda hukumat Hindiston, Xitoy, Malayziya, Bangladeş va Afrika mamlakatlaridan köproq işçi migrantlarni jalb qilişni rejalaştirmoqda. Mehnat vazirligi qaroriga köra, ularga ajratiladigan kvota 279 ming kişini taşkil etadi, bu joriy yilga nisbatan 20 foizga köproq. Şu kvotaning 92 foizi sanoat korxonalari va yirik infratuzilma loyihalari uçun malakali işçilarga ajratiladi. Qolgan qismi esa malakasiz işçilar, qiyin şaroitlarda işlovçilar, şuningdek veterinarlar yoki hayvonlarga qaraş bilan şuğullanuvçi xodimlarga taqsimlanadi.