Endi sudlanganlarga Rossiya fuqaroligi berilmaydi
26-01-2026, 21:24
107 марта

Endi sudlanganlarga Rossiya fuqaroligi berilmaydi
Rossiyada hukumat komissiyasi sudlanganligi olib taşlanmagan yoki bekor qilinmagan çet elliklarga Rossiya fuqaroligini, vaqtinça yaşaş ruxsatnomasini (VYaR) yoki yaşaş uçun ruxsatnomani (YaR) berişni taqiqlaşni maqulladi. Bu haqda komissiya yiğilişi materiallariga tayanib, TASS xabar berdi.Qayd etilişiça, gap “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi töğrisida”gi qonunga kiritiladigan özgartişlar haqida bormoqda. Keyinçalik aniqlangan olib taşlanmagan yoki bekor qilinmagan sudlanganlik fuqarolik, yaşaş uçun ruxsatnoma yoki vaqtinça yaşaş ruxsatnomasini beriş haqidagi qarorni bekor qilişga asos bölişi mumkin.
Şu bilan birga, qonun kuçga kirişidan oldin hujjatlarni olgan şaxslar uşbu taşabbus tasir doirasiga kirmaydi.
Bundan taşqari, komissiya yana bir qonun loyihasini maqullagan. Unga köra, çet elliklar Migratsiya xizmatiga (IIV) hujjat topşirişda sudlanganlik bor-yöqligi haqida malumotnoma taqdim etişi şart böladi. Bunday malumotnoma boşqa davlatning vakolatli organi tomonidan berilişi va Rossiyada ariza topşirilişidan kamida uç oy oldin rasmiylaştirilgan bölişi lozim.
Biroq yangi tartibdan bazi istisnolar mavjud. Xususan, 14 yoşga tölmagan şaxslar sudlanmaganlik haqida malumotnoma taqdim etişdan ozod qilinadi. Şuningdek, Ukraina fuqarolari uçun ikki yillik ötiş davri belgilanmoqda. Ular uşbu muddat davomida malumotnoma taqdim etişi şart emas.